Shavkat Mirziyoyevning 29-dekabrdagi farmoyishi bilan Javlon Abdujalolovich Vohabov Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori etib tayinlandi, deya xabar berdi oliygoh matbuot xizmati.

U bu lavozimda 2023-yil yanvar oyida tayinlangan Vladimir Norov o‘rnini egalladi.

Javlon Vahabov 1980-yilda tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan. 2015-yil iyuldan 2017-yil dekabriga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, ungacha esa (2013-yil noyabrdan) vazir o‘rinbosari bo‘lgan.

2006−2013-yillarda prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida, 2013-yilda bir muddat Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori sifatida ishlagan.

Vahobov 2017—2023-yillarda O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritgan.