Toshkent shahrida hozircha 12 ta tuman bor, tez orada Yangi Toshkent nomli 13-si ham qo‘shilishi kutilmoqda. Har birining o‘z hokimi, hokimligi, binosi bor. Biri katta, biri kichik, biri yangi, biri eski. Xilma-xil. Test qilish uchun ayni muddao. Shunday ekan, nega bu haqda test tayyorlamaslik kerak?

Shu o‘rinda ikki jihatni qayd etishimiz joiz. Birinchisi, bu test faqat tuman hokimliklari haqida bo‘lmasligi ham mumkin edi, ammo shahar hokimligi — panjaralar bilan o‘rab olingan o‘tib bo‘lmas qo‘rg‘on, uni suratga olish ham mumkin emas. Shu bois, bu testda Toshkent shahar hokimligi binosiga joy topilmadi (shahar hokimligi mahoratli fotomuxbirimiz Madina A’zam olishi mumkin bo‘lgan suratdan bebahra qoldi — testdagi barcha suratlar muallifi aynan Madina A’zam).

Ikkinchi jihat — testning 7-savolidan boshlab, javob variantlari bor-yo‘g‘i ikkitadan. Dastlabki 6 ta savoldan keyin uchtalik javob varianti qilish imkonsiz bo‘lib qoldi, chunki javobini topib bo‘lganingiz tuman nomini yana yozishga to‘g‘ri kelib qolayotgandi-da.

Xo‘sh, Toshkentni qanchalik yaxshi bilasiz? O‘zingizni sinab ko‘ring!