Jamiyat

O‘zbekistonda 3932 bolada koronavirusga aniqlangan
28 avgust 2020, 15:06

O‘zbekistonda 3932 bolada koronavirusga aniqlangan

O‘zbekistonda hozirgacha 90 mingga yaqin bola karantinga olingan bo‘lib, ularning 3932 nafarida COVID-19 aniqlangan.

Mustaqillik bayrami arafasida 113 nafar fuqaro afv etildi
28 avgust 2020, 12:49

Mustaqillik bayrami arafasida 113 nafar fuqaro afv etildi

O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 113 nafar fuqaro afv etildi. Prezident bu haqdagi tegishli farmonni imzoladi.

Maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi
28 avgust 2020, 12:14

Maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi

COVID-19 pandemiyasi davrida maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi. Xususan, maktablarda ommaviy tadbirlar o‘tkazilmaydi, niqobsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi, o‘quvchi va o‘qituvchilar «ertalabki filtrlash» jarayonidan o‘tishadi.

SHHT sammitiga tayyorgarlik ishlarida 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingan
28 avgust 2020, 11:46

SHHT sammitiga tayyorgarlik ishlarida 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingan

Samarqandda 2022 yilda o‘tkazilishi kutilayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) sammitiga tayyorgarlik ishlarida jami 7,4 mlrd so‘m pul talon-toroj qilingani va noto‘g‘ri sarflangani aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan 5 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari o‘tkazilmoqda.

Turkiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga keladi
27 avgust 2020, 19:09

Turkiyalik mutaxassislar koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun O‘zbekistonga keladi

27 avgust kuni Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga yordam berish va tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga yo‘l olishdi.

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi
27 avgust 2020, 17:20

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi. Unda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Bojxona qo‘mitasi bloger Ilya Varlamovning O‘zbekiston chegarachisi haqidagi hikoyasiga munosabat bildirdi
27 avgust 2020, 16:49

Bojxona qo‘mitasi bloger Ilya Varlamovning O‘zbekiston chegarachisi haqidagi hikoyasiga munosabat bildirdi

Rossiyalik bloger va urbanist Ilya Varlamov o‘z videolavhalarining birida chamadonni ko‘zdan kechirayotganda uning krossovkalari bilan qiziqib qolgan, ammo kattaligi mos kelmagani uchun faqat sigaretlarni olib qolgan o‘zbekistonlik chegarachi bilan bog‘liq vaziyatni eslab o‘tdi. Davlat bojxona qo‘mitasi Varlamov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tmaganligini aytdi. Bloger vaziyat 10 yil oldin sodir bo‘lganligini tushuntirib, Davlat bojxona qo‘mitasini Rossiya fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari va sayohat ma’lumotlarini oshkor etmaslikka chaqirdi.

Prezident iqtidorli yigitlarni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirladi
27 avgust 2020, 15:51

Prezident iqtidorli yigitlarni «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirladi

Davlat rahbarining farmoni bilan 28 nafar iqtidorli yigitlar «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Akrom Malik ozodlikka chiqdi
27 avgust 2020, 15:20 1

Akrom Malik ozodlikka chiqdi

2016 yil «Konstitutsion tuzumga tajovuz» aybi bilan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malik O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir guruh mahkumlar qatorida avf etildi.

Sud Nariman Grigoryanni o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxsga hukm chiqardi
27 avgust 2020, 14:47

Sud Nariman Grigoryanni o‘ldirganlikda ayblanayotgan shaxsga hukm chiqardi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirishda ayblanayotgan shaxsni 18 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

XXI asrda ota-onalar nazorati: bolalarning internetdan foydalanishini cheklash zarurmi?
27 avgust 2020, 13:51 1

XXI asrda ota-onalar nazorati: bolalarning internetdan foydalanishini cheklash zarurmi?

Bolalar foydalanayotgan internet-kontentni nazorat qilish shartmi? Bunda nimalarga e’tibor berish kerak va qanday harakatlarni amalga oshirmaslik zarur? «Gazeta.uz» ikki farzandning otasi, restorator Pavel Georganovdan internetdan foydalanishda ota-onalarning nazorati haqidagi fikrlarini so‘radi.

Qopqonga tushib qolgan ayiq qutqarildi
27 avgust 2020, 11:48

Qopqonga tushib qolgan ayiq qutqarildi

Jizzax viloyatida joylashgan Baxmal davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida noma’lum fuqarolar tomonidan qo‘yilgan qopqonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ayiq tushdi. Tegishli idoralar yordami orqali ayiq qutqarilib, hozirda unga davolash muolaja ishlari olib borilmoqda.

Crediton.uz: uydan chiqmasdan turib, imtiyozli muddatda smartfon sotib olish va mablag‘ingizni tejash imkoni
27 avgust 2020, 11:00

Crediton.uz: uydan chiqmasdan turib, imtiyozli muddatda smartfon sotib olish va mablag‘ingizni tejash imkoni

Crediton.uz smartfon va maishiy texnikalarni operator qo‘ng‘iroqlarisiz va shu kunning o‘zida yetkazib berish xizmati bilan 15 oygacha muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyatini taklif qiladi.

Marg‘ilondagi YTH oqibatida ikki nafar 22 yoshli yigit vafot etdi
27 avgust 2020, 10:43

Marg‘ilondagi YTH oqibatida ikki nafar 22 yoshli yigit vafot etdi

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Cobalt avtomobil tezligini me’yoridan oshirgani sababli rul boshqaruvini yo‘qotib, Spark avtomobili bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida Cobalt avtomobilining haydovchi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi, 3 kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

Barcha o‘qituvchilar 1 oktyabrgacha grippga qarshi emlanadi
26 avgust 2020, 20:41

Barcha o‘qituvchilar 1 oktyabrgacha grippga qarshi emlanadi

Respublikadagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va tibbiyot muassasalarining 1,5 mln nafardan ortiq xodimlari bepul grippga qarshi emlanadi.

810 ming bolani qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
26 avgust 2020, 20:10

810 ming bolani qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi

Prezident qarori bilan 810 mingdan ortiq bolani moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun 400 milliard so‘m (har bir bola uchun 500 ming so‘m) ajratiladi. Ushbu yordam kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qishki kiyim-kechak, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlashga qaratilgan.

Charter reyslar chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotganiga izoh berildi
26 avgust 2020, 18:47

Charter reyslar chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotganiga izoh berildi

Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda charter reyslari chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berib, ular tijoriy charter reyslariga oid ekanini ma’lum qildi. Respublika maxsus komissiyasi tasdiqlagan charter reyslar chiptalari 400 dollarga narxda sotilmoqda.

Foto. O‘zbekistondagi kuz fotograf Xamdam Sharaxmedov nigohida
26 avgust 2020, 18:15

Foto. O‘zbekistondagi kuz fotograf Xamdam Sharaxmedov nigohida

26 avgust ob-havosi kuzni eslatdi. Ko‘chada salqinlik hukmron. Odamlar kurtkalarini kiyib, yomg‘irdan soyabon bilan berkinishyapti. Shamol shaharlar bo‘ylab sariq barglarni uchirib yuribdi va yoz tugayotganligi haqida darak bermoqda. “Gazeta.uz” fotograf, ko‘plab va xalqaro fototanlovlar laureati Xamdam Sharaxmedovdan O‘zbekistonda oldingi yillardagi kuz tasvirlangan fotosuratlarini bo‘lishishni so‘radi.

«Mehr-shafqat va Salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qildi
26 avgust 2020, 17:04

«Mehr-shafqat va Salomatlik» jamg‘armasi mansabdorlari 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qildi

O‘zbekiston «Mehr-shafqat va Salomatlik» jamoat jamg‘armasi direktori va boshqalar tomonidan 2,8 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlandi.

Mo‘ynoqda yangi ishga tushgan aeroportga Airbus A-320 parvozi amalga oshirildi
26 avgust 2020, 16:14

Mo‘ynoqda yangi ishga tushgan aeroportga Airbus A-320 parvozi amalga oshirildi

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida yangi aeroport ishga tushirildi. Unga birinchi bo‘lib Airbus A-320 samolyotida Toshkentdan yo‘lovchi parvozi amalga oshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting