27 avgust kuni Turkiyadan 16 nafar tajribali mutaxassislardan iborat tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish maqsadida O‘zbekistonga yo‘l olishdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Turkiyalik shifokorlar tashrif davomida o‘zbekistonlik shifokorlar bilan birgalikda Respublikaning qator hududlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda faol ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish maqsadida rossiyalik, xitoylik va germaniyalik tibbiyot xodimlari va mutaxassislar guruhlari kelgan edi.