O‘zbekistonda 90 mingga yaqin bola koronavirus sababli karantinga olingan, deya ma’lum qildi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKA zalida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika bo‘yicha bugungi kunga qadar 89755 nafar bola karantinga olingan bo‘lib, ularning orasida COVID-19 aniqlanganlar 3932 nafarni (4,3%) tashkil qilmoqda.

COVID-19 aniqlanganlar orasida yoshi bo‘yicha tahlili quyidagicha:

  • 1 yoshgacha 190 nafarni (4,8%);
  • 3 yoshgacha bolalar 683 (17,4%) nafarni;
  • 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8%) nafarni;
  • 7−18 yoshgacha bolalar 2125 (54%) nafarida kasallik aniqlangan.

3932 nafar kasallanganlar orasida sog‘ayganlar soni jami 3293 nafarni (83.7%), bugungi kunda davolanayotganlar esa 639 nafarni (16,3%) tashkil etadi, deya xabar berildi bo‘lib o‘tgan brifingda.