Jamiyat

Samarqandda sammit sabab yopilgan yo‘llar qayta ochildi
17 sentabr 2022, 15:46

Samarqandda sammit sabab yopilgan yo‘llar qayta ochildi

ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.

InfinBank`dan xalqaro moliyaviy xakerlar pul o‘g‘riladi
17 sentabr 2022, 15:37

InfinBank`dan xalqaro moliyaviy xakerlar pul o‘g‘riladi

3−5 sentabr kunlari bir guruh shaxslar InfinBank`dan o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga pul o‘tkazib, o‘zlashtirgan. «Mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda», — deya ma’lum qildi bank matbuot xizmati.

O‘zbekistonliklarni Isroilda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi xalqaro bitim tasdiqlanishi mumkin
17 sentabr 2022, 14:05

O‘zbekistonliklarni Isroilda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi xalqaro bitim tasdiqlanishi mumkin

Mehnat vazirligi Isroilda vaqtinchalik ishlash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bitim imzolangan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari Isroilda dastlab qariya va nogironlarni parvarishlash, ikkinchi bosqichda esa qurilish va boshqa sohalarga jalb etiladi.

Maktab darsliklarini kim chop etadi, adadi va narxi qancha?
17 sentabr 2022, 13:59

Maktab darsliklarini kim chop etadi, adadi va narxi qancha?

XTV 53,57 mln nusxa maktab darsliklari, mashqlar daftarlari va o‘quv qo‘llanmalari (2021 yilda 28,49 mln) chop etish bo‘yicha tenderlar o‘tkazdi. 22 ta bosmaxona (12 ta) bilan tuzilgan bitimlar hajmi 964 mlrd so‘m. O‘tgan yilgidek umumiy tirajning chorak qismini Kolorpak chop etadi — «Gazeta.uz» tahlili.

Nima tayyorlaymiz: Tovuqli taomlar
17 sentabr 2022, 10:55

Nima tayyorlaymiz: Tovuqli taomlar

Sabzavotlar bilan pishirilgan, qovoqli tovuq sonlari, qaymoqli qaylaga ega, asal va soya bilan marinadlangan, pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi, tovuqli shaurma — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Rossiyada majburlab ishlatilgan 19 nafar o‘zbekistonlikning huquqlari tiklandi
17 sentabr 2022, 10:52 1

Rossiyada majburlab ishlatilgan 19 nafar o‘zbekistonlikning huquqlari tiklandi

Rossiyaning Nyagan shahrida ish beruvchi 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportini olib qo‘yib, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatgan. Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganib, ularning hujjatlarini qaytarib oldi va huquqlarini tikladi.

16 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 sentabr 2022, 22:00

16 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Birgalikda SHHTni yangi marralarga olib chiqish mumkinligini aytgan Shavkat Mirziyoyev, Termizda Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish taklifi, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining chegaradagi vaziyat yuzasidan Samarqanddagi yuzma-yuz muzokarasi va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

Yangi maktab darsliklari eskilaridan nimasi bilan farq qiladi? Farqlar juda ko‘p
16 sentabr 2022, 17:30

Yangi maktab darsliklari eskilaridan nimasi bilan farq qiladi? Farqlar juda ko‘p

Yangi maktab darsliklari mualliflariga qaratilgan hujumlar qanchalik asosli? «Gazeta.uz» mualliflardan o‘zgarishlarni sodda tilda tushuntirib berishni so‘radi. Ularning ta’kidlashicha, yangi darsliklar muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammolarni hal etishni ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Axborot texnologiyalari sohasidagi investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi
16 sentabr 2022, 15:40

Axborot texnologiyalari sohasidagi investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilariga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kinematograflar uyida Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bo‘lib o‘tdi
16 sentabr 2022, 15:00

Kinematograflar uyida Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bo‘lib o‘tdi

«Ipak yo‘li durdonasi» kinofestivalining ochilishida o‘zbek va jahon kinosining 800 ga yaqin yulduzlari ishtirok etdi. Ular orasida Lyuk Besson, Sergey Bezrukov va Burak Ozchivit bor.

Samolyotdagi nosozlik sabab Frankfurtda qolgan yo‘lovchilarni olib kelish uchun qo‘shimcha qatnov qo‘yildi
16 sentabr 2022, 14:01

Samolyotdagi nosozlik sabab Frankfurtda qolgan yo‘lovchilarni olib kelish uchun qo‘shimcha qatnov qo‘yildi

Havo kemasidagi nosozlik tufayli Frankfurt — Toshkent reysi bekor qilinib, yo‘lovchilar Frankfurtdagi mehmonxonaga joylashtirilgandi. Ularni qaytarib olib kelish uchun 16 sentabr kuni qo‘shimcha qatnov joriy etildi.

Qishloqlardagi 600 nafar ayol tadbirkorlikka o‘qitiladi
16 sentabr 2022, 12:04

Qishloqlardagi 600 nafar ayol tadbirkorlikka o‘qitiladi

USAID O‘zbekistonda qishloq hududlaridagi ayollar uchun tadbirkorlik o‘quv dasturini boshladi. Ushbu tashabbus doirasida 600 nafar ayol tadbirkorlikka o‘qitiladi.

Ombudsman Andijonda besh yigit tergov vaqtida qiynoqqa solingani aytilgan holatni o‘z nazoratiga oldi
16 sentabr 2022, 11:58

Ombudsman Andijonda besh yigit tergov vaqtida qiynoqqa solingani aytilgan holatni o‘z nazoratiga oldi

Andijonda 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani va tergov jarayonlarida ular qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda. Ayblanuvchilarning yaqinlari ularni 8−10 yillab ozodlikdan mahrum qilishmoqchiligi, tergov vaqtida esa kaltaklaganini qayd etishdi. Ombudsman vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

«Lokomotiv» futbolchisi Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 5 yilga futboldan chetlatildi
16 sentabr 2022, 11:50

«Lokomotiv» futbolchisi Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 5 yilga futboldan chetlatildi

«Lokomotiv» PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va erkin agent Yevgeniy Kochnev 2 gruziyalik bilan kelishib, totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun O‘FA ikki futbolchini o‘yinlardan 5 va 3 yilga chetlashtirdi. Ular jarima ham to‘laydi.

Dam olish kunlari qulay ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
16 sentabr 2022, 11:37

Dam olish kunlari qulay ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi
16 sentabr 2022, 11:00

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida biznes-forum bo‘lib o‘tdi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida «O‘zbekfilmda» biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Rossiya hamda Qirg‘iziston tashkilotlari bilan bir qator memorandumlar imzolandi.

Frankfurtdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyotda texnik nosozlik yuz berdi
16 sentabr 2022, 10:40

Frankfurtdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan samolyotda texnik nosozlik yuz berdi

15 sentabr kuni Frankfurt — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan havo kemasida texnik nosozlik vujudga keldi, parvoz bekor qilindi. Yo‘lovchilar Frankfurtdagi mehmonxonaga joylashtirildi.

Farg‘onada 30 nafarga yaqin bog‘cha tarbiyalanuvchilari kasalxonaga yotqizildi
16 sentabr 2022, 09:38

Farg‘onada 30 nafarga yaqin bog‘cha tarbiyalanuvchilari kasalxonaga yotqizildi

Tarmoqlarda Oltiariq tumanida 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi 8 nafar bolada alimentar diareya aniqlanib, kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Boshqa bolalarda kasallik alomatlari aniqlanmagan, biroq 20 nafari shifoxonada kuzatuv ostida qolmoqda.

15 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
15 sentabr 2022, 22:00

15 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Samarqandda SHHTga a’zo davlat rahbarlarini qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev, sammit doirasida belgilangan hujjatlar, issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati uzaygani, Samarqand arxeologiya instituti ochilishi, tabiatga uchirib yuborilgan 7 dona itolg‘i qushlari va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.

Toshkentda 100 mlrd so‘mdan ortiq tenderlar noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi
15 sentabr 2022, 17:13

Toshkentda 100 mlrd so‘mdan ortiq tenderlar noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi

Toshkent shahrida 107,12 mlrd so‘mlik tender savdolari noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi. Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar orasida Olmazor tuman hokimligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari», «Uzbekistan Airways Technics», Ko‘zi ojizlar maktab-internati va boshqalar bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting