Jamiyat

Uchta viloyatda pensiya pullarining o‘z egalariga yetib bormagani aniqlandi
9 dekabr 2020, 18:18

Uchta viloyatda pensiya pullarining o‘z egalariga yetib bormagani aniqlandi

Namangan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida «Halq banki» sayyor kassalari xodimlari pensiya to‘lovi ro‘yxati chiqarilganiga qaramasdan, pullarni o‘z vaqtida nafaqaxo‘rlarga yetkazib bermagani aniqlandi. Pensiya bir necha oy davomida sababsiz yetkazib berilmagan. Hozirda to‘lovlar kechikishiga sababchi bo‘lgan shaxslar ishdan bo‘shatilgan.

Toshkent shahridagi yana 2 ta koronavirusni davolashga ixtisoslashgan markazlar yopildi
9 dekabr 2020, 18:09

Toshkent shahridagi yana 2 ta koronavirusni davolashga ixtisoslashgan markazlar yopildi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «O‘zekspomarkaz»ning 3- va 4-pavilionlaridagi saralash va taqsimlash markaziga va «Universal» sport majmuasidagi saralash va taqsimlash markaziga koronavirusga chalingan va unda gumon qilingan bemorlarni qabul qilish to‘xtatildi.

O‘zbekistonda ilk bor elektron apostil joriy etiladi
9 dekabr 2020, 17:39

O‘zbekistonda ilk bor elektron apostil joriy etiladi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasiga ko‘ra, Apostil qo‘yishni elektron ko‘rinishga o‘tkazish belgilanmoqda. Apostilni maxsus elektron dasturi orqali himoyalangan elektron hujjat shaklida qo‘yish taklif etilmoqda.

Talablarni bajarmagan barcha gaz quyish shahobchalari o‘chiriladi — Energetika vaziri o‘rinbosari
9 dekabr 2020, 16:31

Talablarni bajarmagan barcha gaz quyish shahobchalari o‘chiriladi — Energetika vaziri o‘rinbosari

Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Narmatov gaz hajmini o‘lchagichlarni ulanish nuqtasiga olib chiqishi kerak bo‘lgan, lekin bu talabni bajarmagan AGTKSHlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishi, Prezident qaroridagi punktlarni bajarmagan shahobchalar o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirdi.

Aliment to‘lamaganlar avtotransport boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi taklif etildi
9 dekabr 2020, 15:55

Aliment to‘lamaganlar avtotransport boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi taklif etildi

9 dekabr kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan majburiy jamoat ishlari hamda transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash kabi choralar qo‘llash taklif etildi.

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi
9 dekabr 2020, 15:39

Xususiy sektor davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etadi

2021 yil 1 martdan tadbirkorlarga ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Xizmatlarni ko‘rsatish Davlat xizmatlari agentligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.

Madaniyat vazirligi Toshkent kurantlaridagi tasmalarni olib tashlashni talab qildi
9 dekabr 2020, 15:37

Madaniyat vazirligi Toshkent kurantlaridagi tasmalarni olib tashlashni talab qildi

Madaniy meros ob’ektlari reyestriga kiritilgan Toshkent kurantlari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti bilan kelishilmasdan tasmalar bilan bezatilgani ma’lum qilindi.

Mo‘ynoq tumani ekologiya inspektori YTH oqibatida vafot etdi
9 dekabr 2020, 15:35

Mo‘ynoq tumani ekologiya inspektori YTH oqibatida vafot etdi

Mo‘ynoq tumani ekologiya inspeksiyasi hodimlari reyd paytida avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida inspektor Sh. Torejanov og‘ir jarohatlar tufayli vafot etdi.

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori
9 dekabr 2020, 13:16

Tadbirkorlarga yo‘llarda foto va video registratorlar o‘rnatishga ruxsat berildi — prezident qarori

Tadbirkorlarga 2021 yil 1 martdan boshlab avtomobil yo‘llarida foto va video fiksatsiya vositalarini o‘rnatishga ruxsat beriladi. 2021−2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3356 ta intellektual videokameralar va 763 ta statsionar radarlar, jumladan, Toshkent shahrida jami 2574 ta foto va video registratorlar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?
9 dekabr 2020, 13:00

Inklyuziv mehnat: pandemiya qanday o‘zgartirishlar kiritdi?

Turli ko‘rinishdagi nogironligi bo‘lgan odamlar mehnat bozorida bundan oldin ham to‘siqlar va kamsitishlarga duch kelishgan. Pandemiya va qattiq karantin choralari ularning mehnat huquqlarini boshqalar bilan teng amalga oshirishga qanday ta’sir qildi? Dilmurod Yusupov maqolasi.

Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi
9 dekabr 2020, 12:52

Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi

Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasining bosh ofisi ochildi. Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berildi
9 dekabr 2020, 12:08

Tadbirkorlarga haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlarni tashkil etishga ruxsat berildi

Prezident qarori bilan 2021 yil 1 apreldan tadbirkorlar haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi
9 dekabr 2020, 12:00

Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadi

Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.

Boshqalarga achinishni bilmaydigan qatlam keng bo‘lsa, buning oqibatlari yaxshi bo‘lmaydi — siyosatshunos
9 dekabr 2020, 11:17

Boshqalarga achinishni bilmaydigan qatlam keng bo‘lsa, buning oqibatlari yaxshi bo‘lmaydi — siyosatshunos

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov O‘zbekistonda «Mehr-3» aksiyasiga salbiy munosabatlar hayratlanadigan darajada ko‘pligiga e’tibor qaratib, jamiyatda boshqalarga achinishni bilmaydigan, vaziyatni to‘g‘ri qabul qilishni inkor etadigan qatlam keng bo‘lsa, buning ijtimoiy va siyosiy oqibatlari yaxshi bo‘lmasligini ta’kidladi.

So‘rovnoma: 2020 yil nimasi bilan yodingizda qoldi
8 dekabr 2020, 21:54

So‘rovnoma: 2020 yil nimasi bilan yodingizda qoldi

Ko‘pchiligimiz uchun o‘tib ketayotgan yilning voqealari kutilmagan, sinovlari esa og‘ir bo‘ldi. «Gazeta.uz» o‘z o‘quvchilaridan 2020 yil voqealariga o‘z munosabatlarini, taassurotlarini yoki hikoyalar bilan bo‘lishishlarini so‘ramoqda. So‘rovnomadan so‘ng biz ba’zi hikoyalarni e’lon qilamiz.

COVID-19`ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi — SSV
8 dekabr 2020, 18:56

COVID-19`ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi — SSV

Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev O‘zbekistondagi epidemiologik barqaror vaziyat hotirjamlikka berilish uchun asos bo‘la olmasligini aytdi. «Ko‘pgina boshqa mamlakatlar tajribasiga ko‘ra, COVID-19`ning ikkinchi to‘lqinidan qochib bo‘lmaydi, degan tushuncha mavjud. Buning uchun mamlakatda unga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — dedi vazir.

O‘zbekiston AQSHning diniy erkinliklar bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar» ro‘yxatidan chiqarildi
8 dekabr 2020, 12:22

O‘zbekiston AQSHning diniy erkinliklar bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar» ro‘yxatidan chiqarildi

AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus kuzatuvlar ro‘yxatidan chiqardi. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda 2018 yildan beri bo‘lgan.

Suriyadan deyarli 100 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga qaytarildi (foto)
8 dekabr 2020, 10:46

Suriyadan deyarli 100 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga qaytarildi (foto)

«Mehr-3» operatsiyasi doirasida Suriyadan 98 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi. Ulardan 25 nafari ayollar va 73 nafari bolalar.

Toshkentda piyodalar va vilosipedchilar uchun 50 kilometrlik yo‘laklar quriladi
7 dekabr 2020, 21:51

Toshkentda piyodalar va vilosipedchilar uchun 50 kilometrlik yo‘laklar quriladi

Toshkentning barcha tumanlarida piyodalar va velosipedchilar uchun uzunligi 50 kilometr bo‘lgan «Salomatlik yo‘laklari» tashkil etiladi.

UZB raqamli mashina haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani uchun jarimaga tortildi
7 dekabr 2020, 21:39

UZB raqamli mashina haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani uchun jarimaga tortildi

Toshkentda qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan UZB raqamli Toyota Land Cruiser haydovchisi jarimaga tortildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting