Pandemiya davrida maktablarga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya talablari Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan o‘tkazildi va ro‘xatga olindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur hujjat COVID-19 pandemiyasi davrida mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha umumta’lim maktablari va maxsus maktab internatlarining xavfsiz ish muhitini ta’minlashga qaratilgan ish faoliyatiga tatbiq etilishi ma’lum qilindi.

Maktablarga qo‘yilgan sanitariya talablariga ko‘ra, mashg‘ulotlarni soat 8:00 dan so‘ng boshlash va 17.30 dan kechiktirmasdan tugatish tavsiya etiladi. Bunda mashg‘ulotlar uch smenada tashkillashtirilishi mуmкинлиги ham bildirildi.

Pandemiya davrida ommaviy tadbirlar (yig‘ilishlar, konsertlar, tug‘ilgan kunlar va shu kabilar) o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi.

Barcha bolalar va ularning qonuniy vakillari niqoblarda kelishlari shart bo‘ladi. Shu bilan birga, Niqob/respiratorsiz maktabga kirishiga ruxsat berilmaydi. Bunda, niqob kamida har 3 soatda, respiratorlar kamida har 8 soatda o‘zgartirilishi lozim bo‘ladi.

Maktabga kirishdan avval, maktabning tibbiy xodimlari/mas’ul xodimlari tomonidan «ertalabki filtrlash» bo‘yicha maxsus punkt tashkil etilib, tegishli jurnal yuritiladi. «Ertalabki filtrlash» jarayonidan so‘ng, o‘quvchilar kirish joylarida o‘rnatilgan maxsus dispanserdan antiseptik vosita yordamida qo‘llarini zararsizlantirish tartibi o‘rnatiladi.

Shuningdek, sanitariya talablari qatorida sinflarda har bir o‘quvchiga 2 m² dan kam bo‘lmagan maydon bo‘lishi talab etiladi.

Pandemiya paytida maktab oshxonalari o‘z ishini amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga rioya qilingan holda tashkil etadi.

Agarda yuqumli kasalliklar belgilari bo‘lgan o‘quvchilar/maktab xodimlari ushbu belgilar aniqlangan vaqtdan boshlab tez yordam guruhi yoki ota-onalar (qonuniy vakil) kelguniga qadar zudlik bilan izolyatsiya qilinishlari shart bo‘ladi.