Marg‘ilon shahrida Cobalt va Spark avtomobillarining to‘qnashuvi oqibatida ikki nafar 22 yoshli yigit halok bo‘ldi, deya xabar berdi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, 26 avgust kuni soat soat 01:00 larda, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Hiyobon ko‘chasidan o‘tgan ko‘prik ustida haydovchi 1998 y.t. A.R. «Kobalt» rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotib, ajratib turuvchi bordyur ustidan xarakatlanib o‘tib, qarshisidan kelayotgan haydovchi 1986 y.t. Sh. A. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida «Kobalt» rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli A.R. voqea joyida va yo‘lovchisi 22 yoshli M.G‘. shifoxonada vafot etishgan. «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Sh. A., yo‘lovchilari 46 yoshli X.M. va 30 yoshli A.O.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur YTH yuzasidan 26 avgust kuni Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati