Cho‘zilib ketgan karantin ko‘pchilikka xarajatlarni qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj borligini eslatdi, biroq bu haqiqatan ham muhim xaridlardan voz kechish uchun sabab bo‘la olmaydi. Masalan, yangi smartfondan: axir hozirgi muammoli paytlarda oila a’zolari va do‘stlar bilan aloqada bo‘lish juda muhim. Kimdir uchun esa bu onlayn bilim olishning yagona vositasi bo‘lishi mumkin. Ayniqsa hozir, gadjetlar va boshqa ko‘plab mahsulotlarni oila byudjetiga zarar yetkazmasdan uydan chiqmasdan, bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkin.

Srediton.uz internet-do‘koni elektronika va maishiy texnika jihozlarini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish jarayonini iloji boricha soddalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda, crediton.uz smartfonlar, maishiy elektronika, oshxona texnikasi va boshqa ko‘plab mahsulotlarni qulay shartlarda onlayn-bo‘lib to‘lash formatida taklif qiladi.


Bundan tashqari, crediton.uz — bu bank krediti emas. Uni rasmiylashtirish uchun bankka borish shart emas: xarid darhol internet-do‘kon hamkorlari tomonidan amalga oshiriladi, rasmiylashtirish jarayoni esa bor-yo‘g‘i 30 daqiqani tashkil etadi.

Xarid uchun saytda kerakli mahsulotni tanlash, bo‘lib to‘lash uchun rasmiylashtirilgan arizaga pasport fotosurati va plastik kartani ilova qilish kerak va bir necha soatdan so‘ng kurer qo‘lidan yangi mahsulotni olishingiz mumkin. Hammasi onlayn rejimda, ortiqcha ovoragarchiliksiz, asabbuzarliksiz va operatorning jonga tegadigan qo‘ng‘iroqlarisiz amalga oshadi. Undan keyin esa xaridni oyma-oy teng bo‘laklab to‘lash qoladi xolos. Pul avtomatik tarzda oyda bir marta plastik kartadan yechib olinadi.

Srediton.uz dan onlayn xaridning 5 ta afzalligi

15 oygacha muddat berilishi. Srediton.uzning asosiy hamkori Alif Shop sharofati bilan mahsulotlarni 9 oydan 15 oygacha bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashingiz mumkin. Masalan, 43 dyuym ekranli yangi Samsung televizorini oldindan to‘lovsiz sotib olib, uni butun oila bilan tomosha qilish va 15 oy davomida oyiga 445 ming so‘mdan to‘lab borish mumkin. Shuning uchun, hatto katta xaridlarni amalga oshirib ham, oila byudjetida yetishmovchilik yuzaga kelishidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi.


Hamkorlarning katta tanlovi. Xaridni yanada qulayroq qilish maqsadida crediton.uz hamkorlari Zmarket va Unireddan ham bo‘lib to‘lash sharti bilan mahsulotlarni taklif qiladi. Bundan tashqari, do‘kon mahsulotlarini Joyda mobil ilovasida ham sotib olish imkoni mavjud.

30 daqiqalik onlayn-rasmiylashtirish. Saytda arizani to‘ldirish uchun 10 daqiqadan ortiq vaqt sarflanmaydi. Barcha hujjatlar onlayn tarzda jonli muloqot zaruratisiz ilova qilinadi, demakki, operator qo‘ng‘iroq qilib, ortiqcha savol bermaydi. Arizani ko‘rib chiqish 10−15 daqiqani oladi, shundan so‘ng xaridorning telefoniga natija to‘g‘risidagi SMS-xabar yuboriladi. Tasdiqlash foizi odatda kamida 80% ni tashkil qiladi.

Talab qilinadigan hujjatlarning minimalligi. Bo‘lib to‘lashni rasmiylashtirishda pasport fotosurati, JSHSHIR va plastik karta talab qilinadi. Xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlari ishonchli himoyalanganligi sababli buzg‘unchilar o‘g‘irlolmaydilar.

Faqatgina «oq mahsulotlar». Srediton.uz O‘zbekistondagi rasmiy mahsulot va uskunalar yetkazib beruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi. Saytdagi barcha mahsulotlar sertifikatlangan va rasmiy bojxona nazoratidan o‘tgan, shuning uchun ular ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlanadi. Barcha mobil telefonlar allaqachon UzIMEI ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan.


Qanday qilib oldindan to‘lovsiz smartfon xarid qilish mumkin?

Masalan, Xiaomi Redmi Note 9 4/128GB smartfonini 15 oy muddatga rasmiylashtirish jarayonini ko‘rib chiqamiz.

  1. Smartfon tasvirlangan sahifada «Rasmiylashtirish» tugmasini bosib, hamkor sifatida Alif Shopni va 15 oy muddatni tanlash kerak.
  2. So‘ng plastik karta rekvizitlari, mobil telefon raqami, JSHSHIRni ko‘rsatib, pasport fotosuratini propiska sahifasi bilan birga ilova qilish va «buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosish kerak.
  3. Saytda SMS xabar orqali kelgan tasdiqlash kodini ko‘rsatish kerak.
  4. 30 daqiqa ichida to‘lovni to‘lash uchun arizani ko‘rib chiqish natijalari bilan SMS xabarni kutish kerak.
  5. Ijobiy qaror qabul qilinsa, kurer 24 soat ichida Toshkent bo‘ylab yangi smartfonni olib keladi va uni shaxsan qo‘lingizga topshiradi.

Keyinchalik 15 oy davomida xaridorning plastik kartasidan har oy 270 ming so‘m yechib olinadi.

Muhim ma’lumot: Bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid 24 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, muqobil maosh oluvchi O‘zbekiston fuqarolari tomonidan rasmiylashtirilishi mumkin. Rasmiylashtirish uchun Toshkentda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumot, agar bo‘lmasa, poytaxtdagi ish beruvchidan ma’lumotnoma ilova qilinishi kerak.

Crediton.uz xizmat ko‘rsatish sifatini va umuman sayt yuritilishini yaxshilash ustida doimiy ravishda ishlamoqda. Kompaniya fotosuratdagi pasport ma’lumotlarini aniqlashni avtomatlashtirish usulini yo‘lga qo‘ymoqda, bu esa ariza to‘ldirish vaqtini 3−5 daqiqagacha qisqartiradi.

Bir necha haftadan so‘ng esa sayt yangi dizaynga ega bo‘ladi. Tahlillarga tayangan holda, ishlab chiquvchilar sayt interfeysini to‘liq qayta ishlab chiqdilar, bu esa uni yanada tezkor va qulayroq qiladi.

To‘liqroq ma’lumot olish uchun (+998) 78−113−04−08 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sayt: crediton.uz
Telegram: t.me/creditonuz_support
Facebook: fb.com/crediton.uz
Instagram: @crediton.uz

Reklama huquqlari asosida.