O‘zbekistonda 1 oktyabrga qadar barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari markazlashgan tartibda bepul grippga qarshi emlanadi. Bu haqda prezidentning 26 avgustdagi «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida so‘z boradi.

Grippga qarshi emlanadigan xodimlar soni qariyb 1,5 mln nafarni tashkil etadi, deya ma’lum qildi «O‘zbekiston 24» telekanali.

Avvalroq koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi, epidemiolog Rustam Ikromov sentyabr oyida aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qilgan, shuningdek, aralash infeksiya xavfi haqida ogohlantirgan edi.