Jamiyat

“Jihodchilar” oqimi a’zosi bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga qamaldi
6 yanvar 2024, 12:25

“Jihodchilar” oqimi a’zosi bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga qamaldi

“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga aloqadorligi uchun to‘qqiz yil qidiruvda bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi
6 yanvar 2024, 11:18

Yakshanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga nisbatan salqin va nam havo kirib kelishi boshlanadi. 7-yanvar kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +9…+14 daraja bo‘ladi.

“O‘zmilliybank” 2023-yil sarhisobi bilan bo‘lishdi
6 yanvar 2024, 11:00

“O‘zmilliybank” 2023-yil sarhisobi bilan bo‘lishdi

2023-yilda “O‘zmilliybank” AJ ko‘plab ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirib, hududlarning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda ishtirok etdi.

Moliya vazirligi budjet tashkilotlari xodimlarining maoshlari kechikayotganiga izoh berdi
6 yanvar 2024, 09:21

Moliya vazirligi budjet tashkilotlari xodimlarining maoshlari kechikayotganiga izoh berdi

O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga dekabr oyidagi maoshlarini to‘lash kechikmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buni buxgalteriya hisobini yuritish yangi tizimiga o‘tgani bilan izohladi va besh ish kuni ichida ish haqini to‘liq moliyalashtirishga ishontirdi.

Toshkentda sobiq sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 yanvar 2024, 22:48

Toshkentda sobiq sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudining sobiq sudyasi harakatsizlik, dalillarni soxtalashtirish, tovlamachilik va adolatsiz hukm chiqarishda gumonlanmoqda.

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi
5 yanvar 2024, 22:19

Namangan viloyatida kuchsiz zilzila qayd etildi

Namangan viloyati Chortoq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Dekabr oyi oxirida ham xuddi shu viloyatda kuchsiz zilzila qayd etilgandi.

5-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
5 yanvar 2024, 22:11

5-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Ikki yil ichida barqarorlashadigan energetika tizimi, doridan vafot etgan bolalar sonining oshishi, rekonstruksiya uchun yopilgan “Qo‘yliq” bozori, yana narxi oshgan poyezd biletlari, ortda qolgan yilning ommabop ismlari, issiq suvda ko‘ringan qora zarrachalar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda bir necha mashinalarda drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi
5 yanvar 2024, 21:41

Toshkentda bir necha mashinalarda drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kamida 4 nafar yigit mashinalarda xavfli harakatlar sodir etdi. Sud ularga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosini tayinladi. Yigitlarning ota-onalariga ham chora ko‘rildi.

VET Toshkentning ikki tumanidagi issiq suvda ko‘ringan qora zarrachalar bo‘yicha tushuntirish berdi
5 yanvar 2024, 19:02

VET Toshkentning ikki tumanidagi issiq suvda ko‘ringan qora zarrachalar bo‘yicha tushuntirish berdi

Toshkentning ikki tumanida iste’molchilar issiq suvda qora zarralar paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Veolia Energy Tashkent bunga 1-IM qozonxonasidagi suvni tozalash filtridan sulfatlangan ko‘mir chiqishi sabab bo‘lganini bildirdi. Kompaniya hisoblagichlarga texnik xizmat ko‘rsatishga tayyor.

Qanday qilib Turkiyaning Rixos, Kaya, Regnum mehmonxonalarida chegirma bilan dam olish mumkin?
5 yanvar 2024, 19:00

Qanday qilib Turkiyaning Rixos, Kaya, Regnum mehmonxonalarida chegirma bilan dam olish mumkin?

Asialuxe Travel Turkiyadagi ilg‘or mehmonxonalarning eksklyuziv vakiliga aylandi. Turoperator mehmonxonalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishni va dam olishni maksimal darajada foyda bilan band qilishni taklif qilmoqda.

“Dok-1 Maks” ishi: Vafot etgan bolalar soni 69 nafarga yetdi
5 yanvar 2024, 18:10

“Dok-1 Maks” ishi: Vafot etgan bolalar soni 69 nafarga yetdi

Toshkent shahri sudida bir oylik tanaffusdan so‘ng “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Unda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.

2023-yilda oila qurgan ayollarning 30 foizi erining familiyasiga o‘tdi
5 yanvar 2024, 17:41

2023-yilda oila qurgan ayollarning 30 foizi erining familiyasiga o‘tdi

2023-yilda O‘zbekistonda 283 ming 788 ta nikoh qayd etilib, ularning 85 ming 279 tasida (30 foiz) ayol eriniing familiyasiga o‘tdi. 74 nafar erkak 70 yoshdan keyin, 4418 nafar erkak esa 20 yoshgacha farzandli bo‘ldi.

O‘zbekistonda 2023-yil o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilgan
5 yanvar 2024, 17:27

O‘zbekistonda 2023-yil o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilgan

Adliya vazirligi 2023-yil O‘zbekistonda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilganini ma’lum qildi. Ushbu ismlar avvalgi yillarda ham yetakchilik qilgandi.

Fuqarodan $10 ming olganlikda gumonlangan Investitsiyalar vazirligi xodimi ushlandi
5 yanvar 2024, 15:42

Fuqarodan $10 ming olganlikda gumonlangan Investitsiyalar vazirligi xodimi ushlandi

Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi fuqarodan 10 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. U fuqaroga AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza olib berish va uni Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytgan. DXX bunday holatlarni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham aniqladi.

Namanganda sobiq xotinini o‘ldirgan erkak 17 yil 6 oyga qamaldi
5 yanvar 2024, 15:25

Namanganda sobiq xotinini o‘ldirgan erkak 17 yil 6 oyga qamaldi

Namanganda may oyida sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 17 yil 6 oyida qamoq jazosini oldi.

Qo‘qonda yo‘l o‘rtasida ovqatlangan bloger jarimaga tortildi
5 yanvar 2024, 14:56

Qo‘qonda yo‘l o‘rtasida ovqatlangan bloger jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bloger avtomobillar qatnaydigan yo‘lda stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi.

“Qo‘yliq” bozori rekonstruksiya sabab yopiladi, tadbirkorlarga boshqa bozorlarga ko‘chish taklif qilindi
5 yanvar 2024, 10:44

“Qo‘yliq” bozori rekonstruksiya sabab yopiladi, tadbirkorlarga boshqa bozorlarga ko‘chish taklif qilindi

Toshkent shahri hokimligi “Qo‘yliq” bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Bu vaqtda bozor yopiladi. Hokimlik rekonstruksiya davrida bozordagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirishni taklif qildi.

O‘zbekistonda poyezd biletlari narxi yana ko‘tariladi
5 yanvar 2024, 10:12

O‘zbekistonda poyezd biletlari narxi yana ko‘tariladi

O‘zbekistonda 20-yanvardan mahalliy poyezdlar biletlari narxi yana oshmoqda. Xususan, “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chiptalari narxi 20 foizga ko‘tariladi.

Poytaxt hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash korxonasi tashkil etildi. Uning vazifalari qanday?
5 yanvar 2024, 10:00

Poytaxt hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash korxonasi tashkil etildi. Uning vazifalari qanday?

Toshkent shahri hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U uylarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, liftlarni almashtirish, hududlarni obodonlashtirish, uylarni sanatsiya va renovatsiya qilishda buyurtmachi sifatida qatnashadi.

4-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
4 yanvar 2024, 23:06

4-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Narxiga cheklov kiritilayotgan Ai-80 benzini, haydovchilarga ma’lumot berib boruvchi LED-ekranlar, SSV rahbariyatidagi o‘zgarish, tog‘larda qor ko‘chishi xavfi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting