Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida blogerning piyodalar o‘tish yo‘lagi va ajratuvchi bo‘lakka stol qo‘ygancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirarkan, bloger jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik; bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima jazosi) va 138-moddasi (Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi; BHMning uchdan bir qismi) bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.

yo‘l harakati қоидалари

“Endi bunday holat boshqa qaytarilmaydi. Xatomni tushunib yetdim. Boshqalarga ham tavsiya qilmayman. Yoshlar, men qilgan ishni qaytarmanglar”, — deydi u.