dayjest

O‘zbekistonda Ai-80 benzinining narxini cheklash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistondagi barcha “zapravka"larda Ai-80 benziniga 8 ming so‘mlik yuqori narx chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish uchun “Tatneft”, “Lukoyl”, “Gazpromneft” va Saneg kompaniyalarini 80 dan ortiq “zapravka” qurilishiga jalb etish rejalashtirilgan.


dayjest

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida 5−9-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.


dayjest

Tongda Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori me’yordan oshmadi

Payshanba tongidan buyon Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasi normadan oshmadi. Soat 8:00 da PM2,5 zarrachalari miqdori 5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu — JSST tavsiyasiga teng.


dayjest

Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona tumanida asosiy yo‘lga shoshilib chiqqani aytilayotgan Nexia-3 mashinasi Tracker`ga urildi. Oqibatda 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Eski ToshMIdagi bino buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi. U — madaniy meros obyekti (+foto)

Tarmoqlarda eski ToshMI hududidagi Toshkent kadetlar korpusining sobiq bosmaxonasi binosi buzilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi buni rad etib, bino madaniy meros obyekti ekani va davlat tomonidan muhofaza qilinishini bildirdi. Foto.


dayjest

Isroil Oliy sudi sud islohoti haqidagi qonunni bekor qildi

Isroil Oliy sudi uni parlament va bosh vazirning qarorlari “oqilonalik tamoyiliga” zid bo‘lsa, ularni bekor qilish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni bekor qildi. O‘zgartirish Benyamin Netanyaxu hukumati tomonidan amalga oshirilgan va mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan.


dayjest

O‘zbekiston 2026-yilgacha Ai-80 benzinidan voz kechadi. Bunga qanday erishiladi?

O‘zbekiston hukumati 2026-yilgacha Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi. Buni elektromobillarni ommalashtirish va ular uchun infratuzilmani yaratish, Ai-92 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish, gaz quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish va boshqa chora-tadbirlar hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan.


dayjest

Samarqandda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ulardan biri butunlay yonib ketdi

Samarqandda ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri, 21 tonna limon olib ketayotgan transport butunlay yonib ketdi.


dayjest

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi

Prezident farmoni bilan 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi.


dayjest

O‘zbekistonda 2025-yildan dalada suv hisoblagich o‘rnatgan fermerlar uchun soliq koeffitsiyenti kamaytiriladi

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab dalada suv hisoblagich o‘rnatgan va tejamkor texnologiyalarni qo‘llaydigan fermerlar uchun soliq koeffitsiyenti kamaytiriladi. Aksincha holatlarda esa oshiriladi. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun imtiyozli kredit liniyasi tashkil qilinadi.


dayjest

Asilbek Xudayarov sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Asilbek Xudayarov Amrillo Inoyatovning o‘rniga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shuningdek, u Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoldi.


dayjest

O‘zbekistonda 1-apreldan gazli va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi

1-apreldan tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar litri uchun 500 so‘m, energetik ichimliklar uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi. Avvalroq ichimlik ishlab chiqaruvchilar ularning investitsion rejalariga ta’sir qiluvchi bu chora oldindan muhokama qilinmaganiga e’tiroz bildirgandi.


dayjest

Toshkent ko‘chalariga haydovchilar uchun ma’lumotlar yozilgan ekranlar o‘rnatiladi

Poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida fuqarolarni real vaqt rejimida yo‘l harakatidagi vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish uchun o‘zgaruvchan ma’lumotlar tablosi o‘rnatildi. “Gazeta.uz” bu nima uchun zarurligi bilan qiziqdi.