dayjest

“Dok-1 Maks” ishi: Vafot etgan bolalar soni 69 nafarga yetdi

Toshkent shahri sudida bir oylik tanaffusdan so‘ng “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Unda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.


dayjest

O‘zbekistonda 2 yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishish reja qilinmoqda

Energetika vazirligi ikki yil ichida energetika tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga erishmoqchi. Buning uchun ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish, to‘liq raqamlashtirish, uzatish tarmoqlarini boshqarishga xususiy operatorlarni jalb qilish va boshqalar rejalashtirilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda poyezd biletlari narxi yana ko‘tariladi

O‘zbekistonda 20-yanvardan mahalliy poyezdlar biletlari narxi yana oshmoqda. Xususan, “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chiptalari narxi 20 foizga ko‘tariladi.


dayjest

“Qo‘yliq” bozori rekonstruksiya sabab yopiladi, tadbirkorlarga boshqa bozorlarga ko‘chish taklif qilindi

Toshkent shahri hokimligi “Qo‘yliq” bozorida qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanishini ma’lum qildi. Bu vaqtda bozor yopiladi. Hokimlik rekonstruksiya davrida bozordagi tadbirkorlarga o‘z faoliyatini Food city, Tashkent Index va boshqa savdo majmualarida davom ettirishni taklif qildi.


dayjest

O‘zbekistonda 2023-yil o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilgan

Adliya vazirligi 2023-yil O‘zbekistonda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilganini ma’lum qildi. Ushbu ismlar avvalgi yillarda ham yetakchilik qilgandi.


dayjest

Elektr energiyasi uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarni joriy etish qanday natija berdi?

O‘zbekistonda birgina noyabr oyining o‘zida elektr energiyasi iste’moli uchun o‘suvchan koeffitsiyentlarning joriy etilishi oyiga 1000 kVt/soatdan ortiq iste’mol qiluvchi abonentlardan qo‘shimcha 26 mlrd so‘m undirish imkonini berdi, deya ta’kidladi Energetika vazirligi.


dayjest

Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirildi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 1-yanvardan soliq organlari tadbirkorlik subyektlarining so‘nggi 5 yil emas, balki 3 yil davomidagi faoliyatini tekshirishi mumkin. Shuningdek, kameral tekshiruv o‘tkazish tartibi ham o‘zgardi.


dayjest

Poytaxt hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash korxonasi tashkil etildi. Uning vazifalari qanday?

Toshkent shahri hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U uylarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, shuningdek, liftlarni almashtirish, hududlarni obodonlashtirish, uylarni sanatsiya va renovatsiya qilishda buyurtmachi sifatida qatnashadi.


dayjest

Yaponiyada yonayotgan samolyotdan 379 kishi qanday qilib qutqarildi?

Tokio aeroportida Japan Airlines samolyoti bir necha daqiqada alanga ichida qoldi. Shunga qaramay bortdagi 379 kishining barchasi qutqarildi. Muvaffaqiyatli evakuatsiya ekipajning tayyorgarligi va yo‘lovchilarning namunali xulqi tufayli amalga oshirildi. Bloomberg, New York Times va CNN materiallaridan jamlanma.


dayjest

Qo‘qonda yo‘l o‘rtasida ovqatlangan bloger jarimaga tortildi

Tarmoqlarda Qo‘qon shahrida bloger avtomobillar qatnaydigan yo‘lda stolga o‘tirgancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB unga nisbatan jarima qo‘llanganini bildirdi.


dayjest

2023-yilda oila qurgan ayollarning 30 foizi erining familiyasiga o‘tdi

2023-yilda O‘zbekistonda 283 ming 788 ta nikoh qayd etilib, ularning 85 ming 279 tasida (30 foiz) ayol eriniing familiyasiga o‘tdi. 74 nafar erkak 70 yoshdan keyin, 4418 nafar erkak esa 20 yoshgacha farzandli bo‘ldi.


dayjest

Fuqarodan $10 ming olganlikda gumonlangan Investitsiyalar vazirligi xodimi ushlandi

Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi fuqarodan 10 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. U fuqaroga AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza olib berish va uni Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytgan. DXX bunday holatlarni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham aniqladi.


dayjest

KXDR Janubiy Koreya orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi

KXDR Janubiy Koreyaning Pengnyong va Yonpyong orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi. Janubiy Koreya hukumati buni “provokatsiya” deb atadi va mahalliy aholi evakuatsiya qilinishini bildirdi.


dayjest

Elektr iste’moli bo‘yicha quvvat chegarasining bekor qilinishi avariyalar sonini oshirdi — Energetika vazirligi

Elektr iste’moli (10−15 kVt) uchun quvvat chegarasining bekor qilinishi Toshkent elektr tarmoqlarida avariyalar sonini bir necha barobarga oshirdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Vazirlik hisoblagichlarning dasturiy ta’minotini takomillashtirmoqda.


dayjest

Markaziy bank qarz yuki bo‘yicha talablarni barcha kreditlar kesimida joriy etishni rejalashtirmoqda

Markaziy bank 1-iyuldan qarz yuki hisobini barcha kreditlar kesimida joriy etishni rejalashtirmoqda. Regulyator bu sanadan boshlab ortiqcha qarz yukining oldini olish maqsadida qarz beruvchilarga mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshib ketmasligi bo‘yicha talab qo‘ymoqchi.


dayjest

VET Toshkentning ikki tumanidagi issiq suvda ko‘ringan qora zarrachalar bo‘yicha tushuntirish berdi

Toshkentning ikki tumanida iste’molchilar issiq suvda qora zarralar paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Veolia Energy Tashkent bunga 1-IM qozonxonasidagi suvni tozalash filtridan sulfatlangan ko‘mir chiqishi sabab bo‘lganini bildirdi. Kompaniya hisoblagichlarga texnik xizmat ko‘rsatishga tayyor.


dayjest

Toshkentda bir necha mashinalarda drift qilgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kamida 4 nafar yigit mashinalarda xavfli harakatlar sodir etdi. Sud ularga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosini tayinladi. Yigitlarning ota-onalariga ham chora ko‘rildi.


dayjest

“Kredit reytingining tushirilishi biz uchun signal bo‘ldi” — “O‘zbekneftgaz” rahbari

“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov kompaniyaning kredit reytingi pasaygani va S&P xalqaro reyting agentligi prognozi yomonlashgani haqidagi savolga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniyaga “vaziyatni to‘g‘rilash” uchun signal bo‘ldi.