5-yanvar kuni soat 21:59 da Namangan viloyati Chortoq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila magnitudasi 3,5 ga teng. Chuqurlik — 15 km. Epitsentr esa Toshkentdan 218 km janubi-sharqda.

Yer qimirlashi Chortoq tumanida 2−3 ball, Uychi, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy tumanlari va Namangan shahrida 2 ball ko‘rinishida sezildi.

Eslatib o‘tamiz, 28-dekabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida zilzila qayd etilgandi. Yangiqo‘rg‘onning o‘zida va unga yaqin tumanlarda (jumladan, Chortoq, Kosonsoy) silkinish 2 balli darajada sezilgan.