2023-yil davomida O‘zbekistonda 283 ming 788 ta nikoh qayd etilib, ularning 30 foizi, ya’ni 85 ming 279 tasida ayol eriniing familiyasiga o‘tdi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

адлия vazirligi, nikoh, эрининг familiyasiga ўтиш

Shuningdek, yil davomida 968 ming 140 nafar bola dunyoga kelgan. 74 nafar erkak 70 yoshdan keyin, 4418 nafar erkak esa 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan.

адлия vazirligi, nikoh, эрининг familiyasiga ўтиш

Bundan tashqari, 4814 nafar erkak 50 yoshdan oshganda, 834 nafar erkak esa 60 yoshdan oshganda farzandli bo‘lgan.

адлия vazirligi, nikoh, эрининг familiyasiga ўтиш

2023-yilda qayd etilgan nikohlarning 243 ming 210 tasi 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida qayd etilgan bo‘lsa, 1447 tasi 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida tuzilgan. 50 yoshdan oshganlar o‘rtasidagi nikohlar eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan. 30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi nikohlar esa eng ko‘p Samarqand viloyati ulushiga to‘g‘ri kelgan.