Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 30 dan ziyod tijorat banklari faoliyat yuritmoqda. Aholi farovonligini oshirish, tegishli tartibda xizmat ko‘rsatish va mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda moliyaviy institutlarning o‘rni muhim.

O‘zbekistondagi yirik banklardan biri bo‘lgan “O‘zmilliybank” AJ davlat rahbari rahnamoligida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarda samarali ishtirok etib, katta investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirmoqda.

2023-yilda bank aktivlarini va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi ishtirokini oshirish, mustahkam resurs bazasini shakllantirish va undan oqilona foydalanish, shuningdek, bank tavakkalchiliklarini samarali boshqarish siyosatini amalga oshirish ishlarini davom ettirdi.

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra bank aktivlari 118 trln so‘mdan oshdi, kredit portfeli 95,3 trln so‘mni tashkil etdi, umumiy kapitali esa 17,7 trln so‘mga yetdi.

Bankning korporativ segmentida 1500 dan ortiq, kichik va o‘rta biznes segmentida 80 mingdan ortiq mijozlar mavjud bo‘lib, ularning aylanmasi 266 trln so‘m va 32 trln so‘mni tashkil etadi.

Bank Toshkentdagi past quvvatli elektr tarmoqlarini yangilashga qaratilgan loyihani ham moliyalashtirdi. Ushbu loyiha poytaxtni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kompleks tadbirlar doirasida bo‘lib, iste’molchilarning energiya resurslariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan hamda Toshkentda elektr tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Loyiha doirasida transformator punktlari va issiqlik ta’minoti tizimlari ham modernizatsiya qilindi. Buning samarasida issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berilmoqda hamda podstansiyalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek, respublikaning Parij bitimi bo‘yicha miqdoriy majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida bank tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ harakatlanish tarkibini yangilash loyihasini moliyalashtirish uchun 205 mln AQSh dollari kredit mablag‘lari ajratildi. Bu Toshkent jamoat transporti va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga kuchli turtki berdi.

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘ini bajarish doirasida amalga oshirilgan loyiha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi hamda 1000 ta Yutong va King Long rusumli zamonaviy avtobuslarning olib kelinishi hisobiga jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini berdi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi samarasida avtobus qatnovi ko‘paydi, bugungi kunda 1700 ta avtobus 167 ta yo‘nalish bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 70% ko‘p.

2023-yilda bankning kredit mablag‘lari hisobiga ko‘plab yirik investitsiya obyektlari ishga tushirildi. Jumladan:

  • O‘zbekistonda CKD usulida ADM Jizzakh avtomobil yig‘ishni tashkil etish — 56 mln dollar;
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yuk tashish vagonlari parkini yangilash — 105 mln dollar.

Viloyatlarning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, bank ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarda, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Sog‘liqni saqlash, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, turizm va mehmonxona xizmatlari, ta’lim, transport, qurilish hamda turli obyektlarni rekonstruksiya qilish, IT-kommunikatsiyalar, umumiy ovqatlanish sohalari shular jumlasidan.

2023-yilda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan 10,4 trln so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

Ayni damda moliyalashtirilayotgan loyihalarning asosiy yo‘nalishlari transport xizmatlari — 5,4 trln so‘m, maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo — 3,4 trln so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan birga 2023-yilda Toshkent shahrida 9000 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi, 450 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan quyilagi kompaniyalarga kreditlar ajratildi:

  • tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi Madi Medical — 1,2 mlrd so‘m;

  • mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi Tosh Travel Product MCHJ — 23 mlrd so‘m;

  • Favorit Education nodavlat ta’lim muassasasi — 7 mlrd so‘m;

  • Xonzadoxon Savdo bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi — 1 mlrd so‘m.

Yoshlar bilan ishlash, ularni biznesga jalb qilish bankning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Prezidentning 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260 son farmoniga muvofiq, yangi g‘oyalarga asoslangan startap va yoshlarning biznes-loyihalari moliyalashtirildi.

2023-yilda 21 mingga yaqin yoshlarga 320 mlrd so‘mdan ortiq kredit mablag‘i, xususan tadbirkorlikni rivojlantirishga 120,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Shu bilan birga, yoshlarning uy-joy bilan bog‘liq masalalarini hal etish maqsadida 20,6 mlrd so‘m ipoteka krediti va 178,6 mlrd so‘m ta’lim krediti ajratildi. Jumladan:

  • Robocode MCHJ yosh mutaxassislarni tayyorlash uchun IT o‘quv markazi — 600 mln so‘m;

  • stomatologiya xizmatlari ko‘rsatuvchi Mahmud Evro Dent MCHJ — 1 mlrd so‘m;

  • cport markazi xizmatlariga ixtisoslashgan Khiva Red Tigers XK — 600 mln so‘m.

Chakana biznes segmenti va jismoniy shaxslar bilan ishlash

“O‘zmilliybank” AJ chakana biznesni rivojlantirishda moliyaviy xizmatlar bozorida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda bank aholiga 11 turdagi jozibador omonatlarni taklif etmoqda. Natijada bankdagi aholi mablag‘lari hajmi yil davomida 1,5 trln so‘mga yetdi va 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 9,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Bozor talabini o‘rganish jarayonida aholining ehtiyojlarini qondirish maqsadida quyidagi turdagi kreditlar — iste’mol krediti, avtokreditlar, mikrokreditlar, overdraftlar va ta’lim kreditlari taklif etilmoqda.

Aholi zich joylashgan hududlarda bank xizmatlaridan foydalanish maqsadida mini-banklar tashkil etilib, ularda barcha turdagi chakana kreditlari berilmoqda. Jismoniy shaxslar kredit qarzdorlik holati, muntazam to‘lovlar jadvalini kuzatish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarni bankka bormasdan, Milliy ilovasi orqali onlayn rejimda to‘lash imkoniga ega. Shuningdek, bankning mobil ilovasi orqali onlayn mikroqarzlar olish dasturi ham ishga tushirildi.

Ko‘plab skoring va onlayn imkoniyatlarning joriy qilinishi hisobiga jismoniy shaxslarga kredit berish jarayoni soddalashtirildi va bugungi kunda hujjatlarni ancha tez rasmiylashtirish mumkin. Buning samarasida 2023-yil boshidan buyon 122 ming nafar jismoniy shaxslarga chakana kreditlar berildi. Bu ko‘rsatkich oldingi yilga nisbatan 68 mingtaga ko‘pdir. Pul ko‘rinishida bu 3,548 trln so‘m bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 1,987 trln so‘mga ko‘p.

2024-yil uchun oliy maqsadlar va vazifalar

2024-yilda bank tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish rejalashtirilgan: qariyb 22,5 trln so‘m miqdorida kredit, 19,7 trln so‘m bankning umumiy kapitali va 28,3 trln so‘m depozitlar bo‘yicha qoldiqlar ajratish. Bundan quyidagi natijalar kutilmoqda: aktivlar rentabelligini 2,2%, kapital rentabelligini 12% va operatsion xarajatlarning daromadlarga nisbatini 28% darajada saqlab turish.

2024-yilda bank iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini faol kreditlash siyosatini davom ettiradi.

Shu maqsadda kredit mablag‘larining asosiy qismini iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlariga yo‘naltirish rejalashtirilgan:

  • xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlikni rivojlantirishga — 11,5 trln so‘m;
  • eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga — 10,2 trln so‘m;
  • sanoatni rivojlantirishga — 6,6 trln so‘m;
  • qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashga — 1,2 trln so‘m;
  • chakana bozor segmentiga — 4 trln so‘m va ipotekaga 3 trln so‘m;
  • transport sohasini rivojlantirishga — 1,8 trln so‘m.

O‘zbekiston yetakchi tijorat banklaridan biri CRM tizimini ishga tushirish orqali o‘z faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirishni davom ettiradi. Shuningdek, AML tizimi ham avtomatlashtiriladi va tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish boshlanadi.

Mijozlarning tajribasini oshirish, taqdim etilayotgan xizmatlar samaradorligi va sifatini ta’minlash maqsadida bankda yuridik shaxslar uchun kredit konveyerlari, jismoniy shaxslar uchun ipoteka va avtokreditlar bo‘yicha raqamli mahsulotlar joriy etiladi. Bu o‘z navbatida, mijozlarga kredit olish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirishga yordam beradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Milliy 3.0 mobil ilovasining yangi talqini va yuridik shaxslar uchun yangi mobil ilova ham ishlab chiqiladi.

Reklama huquqlari asosida.