10-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirgan 27 yoshli yigitga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Nemolchi.uz zo‘ravonlikka qarshi loyihasi xabar berdi.

Avvalroq 6-may kuni soat 12:00 da To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Namangan davlat pedagogika instituti binosi oldida oilaviy kelishmovchilik sababli o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, unga pichoq urgani haqida xabar berilgandi. Oqibatda ayol tan jarohati olib, vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining bildirishicha, erkak 26 yoshda, uning ayoli 23 yoshda bo‘lgan. Erkak sobiq xotinini pichoqlagandan so‘ng o‘ziga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, joniga suiqasd qilgan. Shu vaqtda voqea joyida bo‘lgan fuqarolar tomonidan erkak shifoxonaga hushsiz holatda olib borilgan.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush o‘rtog‘i bilan 2022-yilning yanvar oyidan buyon o‘zaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan.

Shundan so‘ng u turmush o‘rtog‘ini o‘zi bilan birga yashashga majbur qilib, rashk qilib, bir necha marotaba janjallashgan.

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” va “l” bandlarida (o‘ta шафқатсизlикbilan bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.