Jamiyat

Buxoroda aholiga ajratilgan 800 tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
25 dekabr 2023, 17:12

Buxoroda aholiga ajratilgan 800 tonnadan ortiq ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi

Buxoroning Vobkent, Olot, Qorako‘l va Jondor ko‘mir omborlarida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 806,4 tonna ko‘mir noqonuniy sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi
25 dekabr 2023, 17:02

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizni zo‘rlagan sobiq IIB xodimi 15 yilga qamaldi

Bo‘stonliq tumani sudi 31 yoshli sobiq profilaktika inspektorini voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda aybdor deb topib, unga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jinoyat uchun shart-sharoit yaratib bergan 3 kishiga nisbatan ish ochish masalasi bo‘yicha prokurorga xabar yuborildi.

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda
25 dekabr 2023, 16:01

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda

Zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Mazkur qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi
25 dekabr 2023, 14:42

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi

Bolalar ombudsmani Qashqadaryoda 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlangan 14 yoshli qiz bilan uchrashdi. Hozirda qizning ahvoli barqaror ekani, psixolog u bilan muntazam ishlayotgani ta’kidlandi. Jarayon ustidan kuzatuv davom ettiriladi.

Toshkentda jinoyat qilishda gumonlangan yana 9 kishi qo‘lga olindi
25 dekabr 2023, 14:27

Toshkentda jinoyat qilishda gumonlangan yana 9 kishi qo‘lga olindi

Toshkentda tovlamachilik va giyohvand moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilinib, yana to‘qqiz kishi hibsga olindi. Ichki ishlar bosh boshqarmasi ularning ismi va suratlarini e’lon qildi.

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi
25 dekabr 2023, 12:54

UzAuto Motors ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini tikladi

UzAuto Motors kiberhujumlarga uchragan va ishlamay qolgan kontraktatsiya tizimini qayta ishga tushirdi. Onlayn kontraktatsiya 25-dekabr kuni soat 14:00 da yana ochiladi va faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
25 dekabr 2023, 12:54

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda 26−27 va 29-dekabr kunlari yomg‘ir yog‘ishi, shimolda qorga aylanishi kutilmoqda. Harorat kechalari +2…+7, kunduzi +8…+13 daraja (29-dekabrda +5…+10) iliqqacha pasayadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Oila sudyalari tashkil etiladi
25 dekabr 2023, 12:05

Oilaviy nizolarni ko‘rish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Oila sudyalari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 1-fevraldan Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudlarida Oila sudyalari tashkil etiladi.

Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil qilindi — manzillar
25 dekabr 2023, 11:50

Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil qilindi — manzillar

Toshkentdagi bir qator bozorlar hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Dam olish kunlari hududda madaniy dasturlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilmoqda. Manzillar.

“Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin, u OTMga kirishda imtiyoz beradi
25 dekabr 2023, 11:15

“Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin, u OTMga kirishda imtiyoz beradi

Mudofaa vazirligi taklifi bilan 11-sinfda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar uchun “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilishi kutilmoqda. Nishon harbiy OTMlarga kirishda qo‘shimcha 3 ball beradi.

Navoiyda Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi
25 dekabr 2023, 10:37

Navoiyda Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi

Qiziltepa tumanida Cobalt avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Oqibatda haydovchi jarohatlandi, uning 3 yoshli bolasi shifoxonada vafot etdi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi
25 dekabr 2023, 10:10

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi

Prezident farmoni bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi. Shuningdek, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li va qator gumonlanuvchilar ushlandi
25 dekabr 2023, 09:24

“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li va qator gumonlanuvchilar ushlandi

Toshkent shahri IIBB tovlamachilikda gumonlanib hibsga olingan yana 6 nafar shaxsning nomlari va suratlarini e’lon qildi. Ular orasida avvalroq hibsga olingan “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev va bir ayol ham bor.

UZTELECOM vakillari IPO natijalari bilan bo‘lishdi
24 dekabr 2023, 17:00

UZTELECOM vakillari IPO natijalari bilan bo‘lishdi

20-dekabr kuni “Toshkent” Respublika fond birjasiga 5,5 mln donadan ortiq oddiy aksiyalar chiqarildi. Savdo hajmi 650 mln so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

Toshkentda to‘rt kishi qidiruvga berildi (foto va ismlar)
24 dekabr 2023, 14:08

Toshkentda to‘rt kishi qidiruvga berildi (foto va ismlar)

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi juda ko‘p miqdorda tovlamachilikda ayblangan to‘rt nafar shaxsni qidiruvga berdi. Ularning ismlari va suratlari.

Andijondagi NRG biznes-klassga mansub NRG Nigorxonim turar-joy majmuasidagi xonadonlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi
24 dekabr 2023, 13:00

Andijondagi NRG biznes-klassga mansub NRG Nigorxonim turar-joy majmuasidagi xonadonlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistondagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri — NRG Andijonda birinchi turar-joy majmuasini qurishini e’lon qildi. Birinchi bosqichdagi xonadonlari sotuviga 17-dekabr kuni start berildi.

Bolalar ombudsmani Qashqadaryo viloyatida erta nikoh holatlarini o‘rgandi
24 dekabr 2023, 11:20

Bolalar ombudsmani Qashqadaryo viloyatida erta nikoh holatlarini o‘rgandi

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida erta nikoh va o‘quvchi qizlar unashtirilayotgani bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi. Kosonda 18 yoshga to‘lmagan qizning to‘yi to‘xtatildi. Ko‘kdalada 3 ta holatda qizlar va ularning ota-onalari unashtiruv yoki to‘yga tayyorgarlik bo‘lmaganini aytdi.

Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilar mukofotlandi
24 dekabr 2023, 10:22

Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilar mukofotlandi

Prezident Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash, shuningdek, FAning navbatdagi haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Ro‘yxat.

Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)
24 dekabr 2023, 09:42

Toshkentda qator jinoyatlarda gumonlangan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi (foto)

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumon qilingan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Foto.

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi
23 dekabr 2023, 19:00

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi

Tadbir butun Chery modellari qatori egalarini birlashtirdi: Arizzo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max krossoverlarigacha. Avtomashinalarining katta karvoni Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting