Jamiyat

Qashqadaryodagi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i singlisiga tegishli fermer xo‘jaligiga gul ko‘chat buyurtma qildi
2 noyabr 2021, 17:17

Qashqadaryodagi obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i singlisiga tegishli fermer xo‘jaligiga gul ko‘chat buyurtma qildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i singlisi rahbarligidagi fermer xo‘jaligiga gul ko‘chati buyurtma qilish bahonasida 149 mln so‘m pul o‘tkazib, o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi prokuratura jinoiy ish ochgani haqida xabar berdi.

«Barcha rahbarlar jurnalistlarni hurmat qilishga majbur». «O‘zbekneftgaz» rahbari Daryo muxbiri bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi
2 noyabr 2021, 16:17

«Barcha rahbarlar jurnalistlarni hurmat qilishga majbur». «O‘zbekneftgaz» rahbari Daryo muxbiri bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirdi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi Daryo muxbiri bilan bog‘liq mojaroni «o‘ta og‘riqli qabul qilgani» va jamiyat imidjiga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytdi. «Kompaniyada faoliyat yuritayotgan barcha mas’ul rahbarlar va xodimlar jurnalistning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur», — dedi Mehriddin Abdullayev. U shuningdek, jurnalistlik faoliyatga aralashishni keskin qoralashini, buning uchun lavozimidan qat’iy nazar barchaga chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Viloyatlarda kechasi telekanallar efiri vaqtincha to‘xtatilishi mumkin
2 noyabr 2021, 12:09

Viloyatlarda kechasi telekanallar efiri vaqtincha to‘xtatilishi mumkin

23 noyabrgacha har bir hududda (Toshkentdan tashqari) faqat bir kun tungi vaqtda davlat va nodavlat telekanallarni efirga uzatilishi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Bu teleuzatkichlarda profilaktika ishlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq.

Toshkentda 25 mingdan ortiq psixotrop dorilar savdosiga chek qo‘yildi
2 noyabr 2021, 11:20

Toshkentda 25 mingdan ortiq psixotrop dorilar savdosiga chek qo‘yildi

DXX va Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahrida 25 mingdan ortiq «Regapen», «Tropikamid», «Selofen» singari psixotrop dorilar savdosiga chek qo‘yildi.

Xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi Abu-Dabida qo‘lga olindi
2 noyabr 2021, 10:44

Xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi Abu-Dabida qo‘lga olindi

Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi BAAda qo‘lga olindi. Mazkur shaxs JKning terrorizm, qo‘poruvchilik, jinoiy uyushma tashkil etish va ommaviy tartibsizliklar moddalaridagi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etilganligi uchun 2006 yildan beri qidiruvda bo‘lgan.

O‘qituvchi va shifokorlar maoshini oshirish uchun 350 mlrd so‘m ajratiladi — prezident
2 noyabr 2021, 10:04

O‘qituvchi va shifokorlar maoshini oshirish uchun 350 mlrd so‘m ajratiladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va shifokorlarning oylik ish haqini oshirish uchun 2022 yilda davlat budjetidan 350 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Shuningdek, bepul davolanish orderi uchun 600 mlrd so‘m berilishi ta’kidlandi.

Urgutda bir ayol va ikki bola is gazidan zaharlandi (yangilandi)
1 noyabr 2021, 23:03

Urgutda bir ayol va ikki bola is gazidan zaharlandi (yangilandi)

Samarqand viloyatining Urgut tumanida bir ayol va uning ikki voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, u uyni isitish uchun tezak ishlatgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 noyabr 2021, 21:30

1 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Vazir o‘rinbosari va viloyat hokimi o‘rinbosarlarining intizomiy jazoga tortilishi, oktabr oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil qilishi, «O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosarining jurnalistlarga bo‘lgan bosimi — «Gazeta.uz»ning 1 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Gulistonda Milliy gvardiya xodimlari 3 nafar bolani is gazi zaharlanishidan saqlab qoldi
1 noyabr 2021, 18:47

Gulistonda Milliy gvardiya xodimlari 3 nafar bolani is gazi zaharlanishidan saqlab qoldi

Guliston tumanida Milliy gvardiya xodimlari xonadonlardan birida is gazidan zaxarlanish oqibatida karaxt xolda bo‘lgan 3 nafar bolani qutqarib qoldi.

Musulmonlar idorasi Qashqadaryoda qo‘lga olingan «jihodchilar» orasida imom-noib borligi bo‘yicha munosabat bildirdi
1 noyabr 2021, 18:45

Musulmonlar idorasi Qashqadaryoda qo‘lga olingan «jihodchilar» orasida imom-noib borligi bo‘yicha munosabat bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» a’zosi sifatida gumon qilinib, ushlangan masjid imom-noibi aslida boshqa kasb egasi ekanligini ma’lum qildi. «Yolg‘on yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini alohida ta’kidlaymiz», — deyiladi munosabatda.

So‘x aeroportiga sinov parvozi amalga oshirildi
1 noyabr 2021, 17:10

So‘x aeroportiga sinov parvozi amalga oshirildi

Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘x tumanidagi yangi aeroportga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi. Humo Air aviakompaniyasiga qarashli layner parvozi 40 daqiqani tashkil qildi.

O‘zbekiston dunyo armiyalari reytingida Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi bo‘ldi
1 noyabr 2021, 16:31

O‘zbekiston dunyo armiyalari reytingida Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi bo‘ldi

Dunyo armiyalari bo‘yicha Global Firepower Index — 2021 reytingida O‘zbekiston Qurolli kuchlari 140 davlat ichidan 51 o‘rinni egalladi. Mamlakat armiyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi o‘rinda.

Namangandagi ikkita YTHda 3 kishi vafot etdi, yana 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi
1 noyabr 2021, 15:58

Namangandagi ikkita YTHda 3 kishi vafot etdi, yana 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi

Namangan viloyatida Damas mashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasida 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi, ikki yo‘lovchi vafot etdi. Yana bir holatda esa Damas haydovchisi 71 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotganida urib yubordi.

«Ipak yo‘li» turizm universitetiga madaniy meros ixtisosligi qo‘shilmoqda
1 noyabr 2021, 15:32

«Ipak yo‘li» turizm universitetiga madaniy meros ixtisosligi qo‘shilmoqda

«Ipak yo‘li» turizm universiteti madaniy meros ixtisosligiga ham ega bo‘ladi va SHXTning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch OTMga aylanadi. Shuningdek, universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi
1 noyabr 2021, 12:09

Haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi

Haftaning o‘rtasigacha O‘zbekiston bo‘ylab +15…+17 darajagacha iliq ob-havo bo‘ladi. Ikkinchi yarmida esa respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati +3…+8 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari Daryo muxbirini bo‘g‘ib, kamerasini tortib olmoqchi bo‘lgani aytilmoqda
1 noyabr 2021, 11:55

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari Daryo muxbirini bo‘g‘ib, kamerasini tortib olmoqchi bo‘lgani aytilmoqda

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov 13-Qashqadaryo saylov okrugi matbuot markazi rahbari Jahongir To‘ychiyevni haqoratladi, Daryo muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga nisbatan esa kuch ishlatdi. Bunga press-tur vaqtida ajratilgan avtobusning «olib qo‘yilishi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Kompaniya matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
1 noyabr 2021, 11:37

Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln 450 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.

O‘tgan 3 yilda 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyoz asosida OTMlarga o‘qishga kirgan
1 noyabr 2021, 10:41

O‘tgan 3 yilda 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyoz asosida OTMlarga o‘qishga kirgan

2018−2020 yillarda jami 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, OTMlarga o‘qishga kirgan. Bosh prokuratura o‘rganishlariga ko‘ra, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni orttirilgan. Turizm va sport vazirligi bunda asosiy aybdor musobaqa bosh hakamlari ekanligini ta’kidlab, ular sport federatsiyalari tomonidan belgilanishini qayd etdi.

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimiga a’zolikda gumonlangan 12 nafar shaxs qo‘lga olindi
31 oktabr 2021, 13:44

Qashqadaryoda «Jihodchilar» oqimiga a’zolikda gumonlangan 12 nafar shaxs qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari sifatida gumonlanayotgan 12 kishini qo‘lga oldi. Ularning orasida mahalla raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor ham bor. Ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
31 oktabr 2021, 13:16

Shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Prezident imzo chekkan qonun bilan shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi, jumladan jarimalar miqdori bir necha baravargacha oshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting