O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Global Firepower portali tomonidan tuziladigan dunyo armiyalarining Global Firepower Index — 2021 reytingida 140 ta davlat orasida 51 o‘rinni egalladi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilgi reytingda birinchi o‘rinda AQSh armiyasi, keyingi o‘rinlarda Rossiya va Xitoy joy olgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallagan. Qozog‘iston — 61, Turkmaniston — 86, Qirg‘iziston — 93, Tojikiston — 99-o‘rinda.

Portal mualliflarining qayd etishicha, reytingni tuzishda qurolli kuchlar soni, texnik jihozlanish darajasi, moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va logistika imkoniyatlarini hisobga olish imkonini beruvchi 50 ga yaqin omillar baholanadi.