O‘tgan 3 yilda 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyoz asosida OTMlarga o‘qishga kirgan

2018−2020 yillarda jami 4 001 nafar yoshlar sportdagi yutuqlari uchun imtiyozdan foydalanib, OTMlarga o‘qishga kirgan. Bosh prokuratura o‘rganishlariga ko‘ra, imtiyozdan foydalanuvchilar sonini sun’iy oshirish maqsadida ayrim sport musobaqalarining soni orttirilgan. Turizm va sport vazirligi bunda asosiy aybdor musobaqa bosh hakamlari ekanligini ta’kidlab, ular sport federatsiyalari tomonidan belgilanishini qayd etdi.

Elmira Basitxanova ayolning tug‘ruqdan keyingi o‘limini yashirishga uringanini rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanova SSV rahbaridan tug‘ruqdan keyin vafot etgan ayolning o‘limini yashirishga urinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. U mazkur xabarni rad etib, bu «vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilish» deb hisoblashini ta’kidladi.

Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln 450 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.

Davlat Bobonov harbiylar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonov dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi. Yakkalik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari Daryo muxbirini bo‘g‘ib, kamerasini tortib olmoqchi bo‘lgani aytilmoqda

«O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari Muxtor Temirov 13-Qashqadaryo saylov okrugi matbuot markazi rahbari Jahongir To‘ychiyevni haqoratladi, Daryo muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga nisbatan esa kuch ishlatdi. Bunga press-tur vaqtida ajratilgan avtobusning «olib qo‘yilishi» sabab bo‘lgani aytilmoqda. Kompaniya matbuot xizmati munosabat bildirdi.

O‘zbekiston 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik chang‘ichi Komiljon To‘xtayev 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ikki nafar vazir birinchi o‘rinbosari va uch nafar viloyat hokimi o‘rinbosari intizomiy jazoga tortildi

Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan ikki nafar vazir birinchi o‘rinbosari va uch nafar viloyat hokimi o‘rinbosariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

«Ipak yo‘li» turizm universitetiga madaniy meros ixtisosligi qo‘shilmoqda

«Ipak yo‘li» turizm universiteti madaniy meros ixtisosligiga ham ega bo‘ladi va SHXTning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch OTMga aylanadi. Shuningdek, universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.

Yanvar-sentabr oylarida jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari hajmi 5,4 barobarga o‘sdi

Markaziy bank tahlillariga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyida jismoniy shaxslarning muammoli kreditlari (NPL) hajmi 5,4 barobar o‘sib, 5,2 trillion so‘mga yetgan. Shu bilan birga, keyingi oylarda banklarning kredit portfelining sifati bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda.

Namangandagi ikkita YTHda 3 kishi vafot etdi, yana 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi

Namangan viloyatida Damas mashinasi ishtirokidagi yo‘l transport hodisasida 8 kishi og‘ir tan jarohati oldi, ikki yo‘lovchi vafot etdi. Yana bir holatda esa Damas haydovchisi 71 yoshli fuqaroni yo‘ldan o‘tayotganida urib yubordi.

O‘zbekiston dunyo armiyalari reytingida Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi bo‘ldi

Dunyo armiyalari bo‘yicha Global Firepower Index — 2021 reytingida O‘zbekiston Qurolli kuchlari 140 davlat ichidan 51 o‘rinni egalladi. Mamlakat armiyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha birinchi o‘rinda.

So‘x aeroportiga sinov parvozi amalga oshirildi

Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘x tumanidagi yangi aeroportga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi. Humo Air aviakompaniyasiga qarashli layner parvozi 40 daqiqani tashkil qildi.

oktabr oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil qildi

oktabr oyida inflyatsiya 1,3 foizni tashkil etdi. Oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,1 foizga, pullik xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi.

«Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha harajat» — Biznes-ombudsman

Biznes-ombudsman mutaxassisi Nozimaxon Saidaliyevaning ta’kidlashicha, davlat organlarining ayrim mansabdorlari hanuz eskicha fikrlamoqda. Shu yilning 9 oyida 1000 dan ortiq mansabdor ma’muriy javobgarlikka tortilib, 225 tasiga esa intizomiy jazo qo‘llanilgan. Qolaversa, tadbirkorlar manfaatiga sudlarga 28 mlrd so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. «Tadbirkorlarning huquqlari buzilishi davlat budjeti uchun qo‘shimcha harajat» — dedi u.

Musulmonlar idorasi Qashqadaryoda qo‘lga olingan «jihodchilar» orasida imom-noib borligi bo‘yicha munosabat bildirdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida «Jihodchilar» a’zosi sifatida gumon qilinib, ushlangan masjid imom-noibi aslida boshqa kasb egasi ekanligini ma’lum qildi. «Yolg‘on yoki tasdiqlanmagan axborotni tarqatish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishini alohida ta’kidlaymiz», — deyiladi munosabatda.

Gulistonda Milliy gvardiya xodimlari 3 nafar bolani is gazi zaharlanishidan saqlab qoldi

Guliston tumanida Milliy gvardiya xodimlari xonadonlardan birida is gazidan zaxarlanish oqibatida karaxt xolda bo‘lgan 3 nafar bolani qutqarib qoldi.

Raqamli «Bank Apelsin»ga litsenziya berildi

Toshkent shahrida yangi raqamli bank — «Bank Apelsin» ro‘yxatdan o‘tkazildi. U Kapitalbak tomonidan 2019 yilda ishga tushirilgan Apelsin ilovasidan kelib chiqdi.

Boks. Jahon chempionatida 8 o‘zbekistonlik sportchining 7 nafari keyingi bosqichga yo‘l oldi

Serbiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi ikki kunida O‘zbekistondan sakkiz vakil ishtirok etdi. Ulardan yetti nafari raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi, Shaxobiddin Zoirov turnirning 1/8 finalida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.