«Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti «Ipak yo‘li» turizmva madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlanadi. O‘zbekiston prezidentining 30 oktabrdagi qarorida bu haqda so‘z boradi.

Shuningdek, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish bo‘yicha ilmiy muassasaga aylantiriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaydigan Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va madaniy meros texnikumlari tashkil etiladi.

Ushbu texnikumlar, shuningdek, Turizmni rivojlantirish instituti, Andijon, Zomin va Bo‘stonliq turizm va servis kollejlarihamda Toshkent turizm va biznes kollejini Turizm va sport vazirligi тузилмасиданUniversitet tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Toshkent turizm va servis kolleji negizida universitetning Toshkent filiali tashkil etiladi.

Universitet huzurida «Ipak yo‘li» xalqaro tadqiqot instituti, «Ipak yo‘li» muzeyi, «Ipak yo‘li» art-rezidensiyasi, «Ipak yo‘li» san’at galereyasi hamda Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi faoliyati tashkil etiladi.

«El-yurt umidi» jamg‘armasining 2022−2026 yillarda xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi joriy qilinadi. Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassislar, shu jumladan ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida o‘qitiladi.

Dastur doirasida xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda tahsil olib, magistratura va doktoranturani bitirib qaytgan mutaxassislarga Turizm va sport vazirligining yo‘llanmasi asosida ta’lim muassasalari hamda madaniy meros va muzeyshunoslik sohalaridagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish yoki xorijda ta’lim olish xarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda «El-yurt umidi» jamg‘armasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.