23 noyabrga qadar O‘zbekiston bo‘ylab har bir hududda (Toshkent shahridan tashqari) faqat bir kun tungi vaqtda (soat 01:00 dan 06:00 gacha) davlat va nodavlat telekanallari efirga uzatilishi vaqtincha to‘xtatiladi.

Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi xabar berishicha, bu markazning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida profilaktika o‘tkazilishi bilan bog‘liq.

Profilaktika ishlari (jadval) «aholiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida» markaz tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladi.

To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.