Besh kun davomida yigirmadan ziyod vazirlik va idora rahbarlari Farg‘ona viloyatida ommaviy qabullar o‘tkazadi, deya xabar bermoqda Xalq qabulxonasi matbuot xizmati.

Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni «mahallabay» o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublika viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur qabullar joriy yilning 5−11 may kunlari Farg‘ona viloyatidan boshlanadi.

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.

Aholi keladigan hududlar nomi

Ommaviy qabul o‘tkaziladigan joy

Sana va vaqti

Qo‘qon shahri, Dang‘ara, O‘zbekiston, Beshariq va Furqat tumanlari aholisi uchun

Qo‘qon universiteti binosi

5 may, soat 12:30 da

Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik, Rishton va So‘x tumanlari aholisi uchun

Bog‘dod tumanidagi Konizar Nuroniylar bog‘i

6 may, soat 10:00 da

Qo‘shtepa, Yozyovon, Oltiariq tumanlari aholisi uchun

Qo‘shtepa tumanidagi 1-IDUM (eski Transport kolleji)

7 may, soat 10:00 da

Marg‘ilon shahri, Toshloq, Quva tumanlari aholisi uchun

Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog‘i

10 may, soat 10:00 da

Farg‘ona tumani, Farg‘ona sh, Quvasoy shahri aholisi uchun

Farg‘ona tumanidagi Mozortagi istirohat bog‘i

11 may, soat 10:00 da

Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan ba’zi joylar obyektiv sabablar tufayli o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun bir kun avval Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasi telefon raqami orqali: +998 73−244−10−00 aniqlik kiritib kelish so‘raladi.

Qabullarda Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi vazirliklari vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Markaziy bank, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududgazta’minot» AJ, «O‘zsuvta’minot» AJ, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.