Birinchi marta Teddi kostyumini 2 yil avval, maktabda o‘qiyotgan vaqtimda kiyganman. Mahallamizda yashaydigan Bobur aka bir kuni Teddi tug‘ilgan kunga buyurtma qilinganini, ammo kiyib boradigan bola kelolmay qolganini aytdi. Maktabdan qaytib, uyda zerikib o‘tirgan vaqtim edi. Mendan kostyumni kiyib borishimni so‘ragandi, darrov rozi bo‘ldim.
Kiyib ko‘rdim va, bilmadim, negadir quvonib ketdim. Avvaliga kayfiyat uchun ham kiyib, buyurtmalarga borib yurdim. Keyinchalik men foydalanadigan kulrang Teddi sotib yuborildi. Tabiiyki, men ham uni sotib olgan odam bilan ishlay boshladim.
Hozir esa xizmatlarda faqat bitta kostyumni kiymayman. Qaysi biri buyurtma qilingan bo‘lsa, shu personajga aylanaman. Ammo baribir, menga eng yoqadigani Teddi bo‘lib qolaveradi. Chunki bu ayiq — mening sevimli qahramonim. Shu bilan birga, u boshqa katta ayiq va Mikki Maus kiyimlaridan qulayroq va yengilroq.
Materialga izohlar