Prezidentning 30 apreldagi [131-son] farmoniga asosan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlariga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Unga muvofiq:
- 3 may qo‘shimcha dam olish kuni;
- 4 may 7 maydan ko‘chirilgan dam olish kuni etib belgilangan;
- 14 may (shanba) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.
3 may qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani uchun boshqa kuni ishlab berilmaydi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bundan tashqari, 8 may (yakshanba) va 9 may (dushanba) esa yana ketma-ket 2 kun barchaga dam olish kuni bo‘ladi.