Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan tezkor tadbir davomida fuqaroni pul evaziga Shvetsiyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan korxona rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Chilonzor tumanida «T.F.» MCHJ rahbari Sh. F. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Shvetsiya davlatiga yuborish va ishga kiritib qo‘yish masalasini 4 000 AQSh dollari evaziga hal qilib berishga kelishgan. Gumonlanuvchi shundan 2 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.