DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston hududidan naqd ko‘rinishdagi rublni noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini oldilar. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Samarqand tumanida yashovchi X.S. (1990 y.t.) «Samarqand» xalqaro aeroporti orqali deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 mln 500 ming rublni (jami 235 million 500 ming so‘m) olib chiqishga uringanligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan va ekspertizaga yuborilgan.

Hozirda, ushbu shaxsga nisbatan, Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.