12−15-fevral kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida fevral oyi o‘rtasi uchun quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati agentligi.

Harorat 12−13-fevral kunlari kechalari +3…+8, kunduzi +12…+17 daraja bo‘ladi. 14−15-fevralda bundan ham iliq — kechasi +5…+10, kunduzi +19…+24 daraja bo‘ladi.

Bunday harorat foni fevral oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 10−12 darajaga yuqoridir. Quruq ob-havo respublika hududining katta qismida 16-fevral kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi +15…+20 darajagacha biroz pasayadi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 16-fevralda kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi −3…+2 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 15−16-fevralda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida 12-fevral kuni qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida 12−16-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12−13-fevralda kechalari +3…+8, kunduz kunlari +12…+17, 14−15-fevralda kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +19…+22 daraja bo‘ladi.