Samarqand viloyati Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishi departamenti.

Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Toyloqtumangaz” bo‘limi SUG xizmati xodimlari I.S., K.D., I.O. va F.A. o‘zaro til biriktirib, 2023-yilning oktabr noyabr oylarida imtiyozli narxda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.