21-yanvar kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tungi vaqtda avtomashina shinalarini yashirin ravishda yechib, ularni pullayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 24 yoshli B.I. tengdoshi J.A. va 27 yoshli N.N. bilan Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida 10 ga yaqin Cobalt mashinalarining shinalarni tunda kelib yashirin ravishda yechib olgan. So‘ngra ularni sotib yuborgan va pullarini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ular protsessual tartibda qo‘lga olingan. Yigitlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.