16-fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17−19-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, deya xabar qildi O‘zgidromet xizmati agentligi.

16-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17−19-fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) kuzatiladi. 17−18-fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

16−18-fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25−28 m/s gacha yetishi mumkin.

18−19-fevral kunlariga kelib O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari −3…−8 daraja, kunduz kunlari 0…-3 darajagacha pasayadi. Shimolda 17−19-fevral kunlari harorat kechalari −13…−16 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajagacha pasayadi.

Avvalroq agentlik juma kunidan kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanishi haqida xabar bergandi.