Xitoy va O‘zbekiston hamkorligi 2000-yildan uzoq tarixga ega. Miloddan avvalgi 128 yilda Xitoy elchisining Farg‘ona vodiysi hududiga tashrifi haqida manbalarda yozib qoldirilgan. Bu ikki davlat qadimdan Buyuk Ipak yo‘li orqali ham iqtisodiy, ham ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yib, shu sohalarda bir-birni to‘ldirib, boyitib kelgan. Temuriylar davrida bu aloqalar o‘zining cho‘qqisiga chiqib, xonliklar davrlarida ham davom etib kelgan.

Bugungi kunda ushbu 2000-yillik do‘stona munosabatlar saqlanibgina qolmay, yangi davrini boshlamoqda. Bu ikki davlat rahbarining muntazam do‘stona, iliq muhitda o‘tayotgan uchrashuvlarida namoyon bo‘lmoqda.

23-yanvarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga (XXR) tashrif buyurdi. Davlat rahbari 24-yanvar kuni Pekin shahrida XXR raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi. So‘ng yetakchilar Qo‘shma bayonot qabul qildilar, ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi. Tashrif davomida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, CNPC (China National Petroleum Corporation) va CITIC korporatsiyalari, Xitoy Eksport-import banki rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrifning ikkinchi kuni Xitoyning innovatsion shaharlaridan biri — Shenchjenda ishbilarmonlik tadbirlari bayrog‘i ostida o‘tdi. O‘zbekiston prezidenti Xitoy yirik biznesining 600 dan ziyod vakillarini yig‘gan qo‘shma Investitsiya forumida ishtirok etdi hamda Ipak yo‘li fondi, SANY (Sany Automobile Manufacturing CA) va CSG (China Southern Power Grid Co., Ltd) kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

HONOR — innovatsiya va sifat mo‘’jizasi

IDC ma’lumotlariga ko‘ra Xitoyda android smartfonlari toifasida yetakchi o‘rinni egallagan HONOR kompaniyasi innovatsiya gigantlaridan biri hisoblanadi. Xodimlarining 60 foizini R&D (ilmiy-tadqiqot ishlari)ga yo‘naltirgan HONOR odatda innovatsiyalar taraqqiyotining birinchi qatorlarida turadi. Kompaniyaning Shenjen, Pekin, Ksi, Nankin, Shanxay kabi shaharlarda R&D markazlari, shuningdek, Fransiya va Yaponiyada ikkita ilmiy-tadqiqot instituti mavjud. HONOR O‘zbekistonga 2021-yilda kirib kelgan.

Brendning O‘zbekiston bozorida HONOR 90 Lite, HONOR 90, HONOR X9a, HONOR X8a, HONOR X6, HONOR X7a, HONOR 70, HONOR X8, HONOR X9, HONOR X7, HONOR 50, HONOR 50 Lite modellari taqdim etilgan bo‘lib, so‘nggi modellari HONOR X8b va HONOR X9b hisoblanadi.

honor, реклaмa

Android bazasida yaratilgan o‘zining Magic OS operatsion tizimi bilan kompaniya gadjetlar va elektronikani birlashtirgan yagona ekotizim yaratishni maqsad qilgan.

IDC tomonidan taqdim etilgan statistikada 2022 va 2023-yil IV choraklari uchun smartfonlarning Xitoy bozoridagi ulushi keltirilgan. Bunda HONOR 16,8% ko‘rsatkich bilan Apple brendidan keyin ikkinchi o‘rin, Xitoy ishlab chiqaruvchilari orasida esa birinchi o‘rinni egallagan.

honor, реклaмa

BYD — kelajak uchun energiya manbayi

Bosh qarorgohi Shenchjenda joylashgan elektromobillar toifasida yetakchilardan biri bo‘lgan BYD kompaniyasi elektromobil sanoatining ko‘p qismini akkumulyator bilan ta’minlaydi. 1995-yilda tashkil etilgan BYD dunyo avtomobilsozlik sanoatining asosiy o‘yinchisiga aylandi va ularning texnologiyasi energiya sohasida muhim bosqich hisoblanadi.

honor, реклaмa

Kompaniya butun dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq sanoat parklarini tashkil etgan va elektronika, avtomobilsozlik va yangi energiya bilan bog‘liq sohalarda muhim rol o‘ynagan. BYD o‘z faoliyatining asosiy qismini energiya ishlab chiqarish va saqlashdan tortib uning ilovalarigacha, energiya ishlab chiqarishda atmosferani ifloslantirmaslik bo‘yicha yechimlarni taqdim etishga bag‘ishlagan. Mazkur kompaniya shiddat bilan o‘sib borayotgan O‘zbekiston elektromobillar bozorida yuqori mavqelardan birini egallab ulgurdi.

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan tashrifi davomida BYD kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarishga start berdi. Ushbu zavodda yiliga 300 mingta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Shein — global ta’sirga ega moda

Nankinlik fast-fashion gigantlaridan biri Shein brendi Zara bilan muvaffaqiyatli raqobatlashmoqda. O‘zining dunyoga mashhurligi tufayli Shein nafaqat Xitoyning sevimli brendiga aylandi, balki moda olamida xalqaro ta’sirga ham ega bo‘ldi.

honor, реклaмa

Kompaniya Xitoyda joylashgan va 220 dan ortiq mamlakatga mahsulot yetkazib beradi. Shein ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari, shuningdek, poyabzal, aksessuarlar va uy bezaklarini sotishga ixtisoslashgan va o‘zini “Tezkor moda” sohasida B2C (vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo) modeli orqali ishlaydigan xalqaro elektron tijorat platformasi sifatida taqdim etadi.

Shein loyihalash va ishlab chiqarish jarayonini 5−7 kungacha qisqartirishga erishgan.

ByteDance — texnologiyalar ritmida raqsga tushamiz

ByteDance — TikTok platformasini ham o‘z ichiga olgan ko‘plab platformalar, internet xizmatlarga egalik qiluvchi internet-kompaniyalar xoldingi. ByteDance Xitoy internet-kompaniyalarining “katta beshligi”dan o‘rin olgan (Alibaba Group, Tencent, Baidu va NetEase kompaniyalari qatorida). Bu kompaniya nafaqat ijtimoiy tarmoqlarning qiyofasini o‘zgartirdi, balki butun dunyo bo‘ylab milliardlab foydalanuvchilarni qamrab olgan global fenomenga aylandi.

honor, реклaмa

PROYA Cosmetics — sharqona go‘zallik

Shenjenda joylashgan PROYA cosmetics kompaniyasi Xitoy kosmetika sanoatining muvaffaqiyatli vakili hisoblanadi. Sifatli mahsulotlar va innovatsion yechimlar bilan PROYA ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan.

honor, реклaмa

Kompaniya PROYA, TIMAGE, Off&Relax, HAPSODE, CORRECTORS, INSBAHA, UZERO va ANYA kabi brendlarga ega bo‘lib, makiyaj, tana va soch yo‘nalishi hamda samarali teri parvarishi kabi go‘zallik mahsulotlarining keng doirasini qamrab oladi.

Luckin Coffee — barcha uchun qahva

Qahva va paketli choy ishlab chiqaruvchi Luckin Coffee Xitoy bozorida talabgir ichimliklarni taqdim etadi. Kompaniyaning qahvaxo‘rlik madaniyatiga zamonaviy yondashuvi uni choy mamlakatida muvaffaqiyatli brendga aylantirdi.

Luckin Coffee 2017-yil oktabr oyida tashkil etilgan va 2018-yil yanvar oyida Pekin va Shanxayda o‘zining birinchi kafelarini ochgan. 2018-yil sentabr oyida Luckin Coffee Xitoyning Tensent internet giganti bilan strategik hamkorlikni e’lon qildi. 2019-yil boshiga kelib kompaniya tarmog‘i Xitoy bo‘ylab 2000 ga yaqin chakana savdo nuqtalariga ega edi, va AQSh gigantlaridan biri bo‘lgan Starbucks bilan raqobatlasha boshladi.

honor, реклaмa

2023-yil mart oyida Luckin Coffee Singapurda ikkita kafe ochish orqali Xitoydan tashqariga chiqdi. 2023-yil iyun oyida Luckin Coffee shoxobchalarining umumiy soni 10 mingtaga yetdi. 2023-yil oxiriga kelib Xitoyning deyarli barcha yirik shaharlarini qamrab olgan Luckin Coffee kichik shaharlarida faol ravishda kengayib bordi.

Xitoy O‘zbekistonga ulkan iste’mol bozori, arzon ishchi kuchi, barqaror siyosiy vaziyat va kuchli hukumatga ega davlat sifatida qaraydi. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi qulay ishbilarmonlik muhiti va infratuzilmani rivojlantirish loyihalari uchun katta imkoniyatlar Xitoy hamjamiyati tomonidan e’tirof etib kelinadi.

Yuqorida keltirilgan brendlar muvaffaqiyatli va innovatsion Xitoyning yangi obrazini shakllantiryapti deb hisoblash mumkin.

Reklama huquqlari asosida.