Jamiyat

10 ta OTMda to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi — Ro‘yxat
20 iyun 2020, 12:01

10 ta OTMda to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmaydi — Ro‘yxat

Tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilgan 10 ta oliy ta’lim muassasasida 2020−2021 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilindi.

Bolalarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima oshirilmoqda
19 iyun 2020, 20:50

Bolalarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima oshirilmoqda

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalar miqdorini oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi.

Tez yordam mashinasini o‘tkazib yuborish uchun qoida buzgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi
19 iyun 2020, 19:31

Tez yordam mashinasini o‘tkazib yuborish uchun qoida buzgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi

Endilikda tez yordam mashinasini o‘tkazib yuborish uchun YTH qoidalarini buzgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi — senatorlar qonunchilikka shunday o‘zgartish kiritilishini ma’qulladi. Hozirda haydovchi maxsus transport vositasini o‘tkazib yubormasa ham, yo‘lni bo‘shatish uchun YTHni buzsa ham jarimaga tortiladi.

Senat raisi ota-onalarga murojaat bilan chiqdi
19 iyun 2020, 15:56

Senat raisi ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva ayrim ota-onalar farzandining arzimagan shikoyati uchun ham maktabga yugurib kelib, o‘qituvchiga “tashlanish"dan uyalmay qo‘yganini ta’kidlab, ularni ustozlarni hurmat qilishga chaqirdi.

Tez yordam vaqtida yetib kelmagani oqibatida 48 mingdan ortiq odam o‘lgan — Tanzila Narbayeva
19 iyun 2020, 15:46

Tez yordam vaqtida yetib kelmagani oqibatida 48 mingdan ortiq odam o‘lgan — Tanzila Narbayeva

So‘nggi ikki yilda tez tibbiy yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan.

Dam olish kunlari havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda
19 iyun 2020, 14:34

Dam olish kunlari havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda

Hafta oxiri va keyingi haftaning boshida issiq havo O‘zbekistonning butun hududini qamrab oladi. Ayniqsa yakshanba va dushanba kunlari harorat ko‘tarilib, 39−42 darajagachani tashkil etadi.

“Jayron” ekomarkazida turizm uchun sharoitlar yaxshilanadi
19 iyun 2020, 13:29

“Jayron” ekomarkazida turizm uchun sharoitlar yaxshilanadi

Ekoturizmni rivojlantirish uchun Buxoro viloyatidagi “Jayron” qo‘riqxonasida turistik infrastruktura tashkil etiladi. Bu yerda tashrif markazi, muzey, kuzatuv binosi va maydonlari yaratiladi, shuningdek, o‘kuvchilar va talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etiladi.

Qarshida o‘g‘il ko‘zi ojiz va yura olmaydigan otasi va o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yubordi
19 iyun 2020, 10:20

Qarshida o‘g‘il ko‘zi ojiz va yura olmaydigan otasi va o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yubordi

Qarshi shahrida muqaddam sudlangan o‘g‘il o‘zaro kelishmovchilik tufayli ko‘zi ojiz va yura olmaydigan keksa otasi va o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Har ikkisi ham og‘ir kuyishdan vafot etdi.

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 yo‘lovchi qurbon bo‘ldi
19 iyun 2020, 08:30

Sirdaryoda 5 ta avtomashina to‘qnashuvida 2 yo‘lovchi qurbon bo‘ldi

Sirdaryo viloyatida Captiva haydovchisi Cobalt mashinasini o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘ldi va yo‘l chetidagi ikkita avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etdi. Jami beshta avtomobil ishtirokidagi YTH natijasida ikki kishi vafot etdi, bir kishi jarohatlandi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 60 dan ziyod kishi cho‘kib ketdi
18 iyun 2020, 22:14

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 60 dan ziyod kishi cho‘kib ketdi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 64 kishi cho‘kib ketdi. Ularning 20 nafardan ziyodi voyaga yetmaganlardir.

“Og‘zidan ko‘pik oqib, boshi yorilgan edi” — Andijonda qiynoqlar qurbonining singlisi
18 iyun 2020, 22:04

“Og‘zidan ko‘pik oqib, boshi yorilgan edi” — Andijonda qiynoqlar qurbonining singlisi

Andijonda qiynoqlardan vafot etgan Alijon Abdukarimovning singlisi Daryo.uz nashriga bergan intervyusida akasi yil boshidan buyon bir necha marta IIBga chaqirilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akasini fuqaro kiyimidagi odamlar raqamsiz avtomobilda olib ketgan.

Karantin davrida Toshkentda 3270 ta nikoh qayd etildi
18 iyun 2020, 19:39

Karantin davrida Toshkentda 3270 ta nikoh qayd etildi

Karantin davrida Toshkentda FHDYO bo‘limlari tomonidan 3270 ta nikoh qonuniy qayd etildi.

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi
18 iyun 2020, 17:10

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Prezident farmoni bilan 1️ avgustdan Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
18 iyun 2020, 16:51

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida “Kamaz” yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urildi. YTH va yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi.

Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etiladi
18 iyun 2020, 16:24 1

Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etiladi

Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etiladi. Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri — tibbiyot xodimlari — Tanzila Narbayeva
18 iyun 2020, 15:57

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri — tibbiyot xodimlari — Tanzila Narbayeva

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning 32 foizi tibbiyot xodimlari. Shuningdek, chaqaloq sotish sabablari o‘rganilganda, 9 tasi aybini yashirish, 10 tasi moddiy manfaat uchun ekani ma’lum bo‘ldi.

Qibray tuman hokimining o‘rinbosari tadbirkordan $25 ming olayotganda ushlandi
18 iyun 2020, 11:56

Qibray tuman hokimining o‘rinbosari tadbirkordan $25 ming olayotganda ushlandi

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining o‘rinbosari xususiy tadbirkorga yer maydonini sotishni va’da berib, 25 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshiga o‘q uzdi
18 iyun 2020, 11:15

Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshiga o‘q uzdi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshining qarashi yoqmagani uchun «Makarov» ko‘rinishidagi to‘pponchadan unga o‘q uzib, qulog‘idan jarohatladi.

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
18 iyun 2020, 09:35

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda masjidga kirish joyida qoldirilgan sumka o‘g‘irlab ketildi. Poytaxt IIBB jinoyat qidiruv xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, 22 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi
18 iyun 2020, 09:05

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting