AQShning «Mercer» konsalting kompaniyasi xorijliklar uchun 2022 yilda yashash narxi bo‘yicha eng arzon va eng qimmat bo‘lgan shaharlar reytingini tuzib chiqdi.
27 yildan beri tuzib kelinayotgan reytingda shaharlardagi valyuta kurslarining o‘zgarishi, inflyatsiya, turar joy narxlarining beqarorligi kabi muhim faktorlarni hamda transport, kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmatlarni jamlagan 200 dan ortiq tovar va xizmatlarni baholanishini hisobga olgan.
«Global sog‘liqni saqlash inqirozi va Ukrainadagi mojaro tufayli kuchaygan inflyatsiya hamda valyutaning o‘zgaruvchanligi xalqaro iqtisodiy muvozanatlarga va har birimiz uchun yashash narxiga ta’sir qilmoqda», — deb yozgan kompaniya.
Infografika: Merker / Cost of Living City Ranking
Mazkur reytingda jahon bo‘yicha 227 ta shahar ishtirok etgan, faqat «Mercer» ro‘yxatga Rossiya va Ukraina davlatlaridan biror shaharni kiritmagan.
Yashash qiymatini belgilashda o‘rinlar eng qimmatidan eng arzoniga qadar davom etadi.
10 ta eng qimmat shahar ro‘yxati
Reytingdagi o‘rni | Shahar | Joylashgan mamlakat |
1 | Gonkong | Gonkong maxsus administrativ hududi |
2 | Syurix | Shveysariya |
3 | Jeneva | Shveysariya |
4 | Bazel | Shveysariya |
5 | Bern | Shveysariya |
6 | Tel-Aviv | Isroil |
7 | Nyu-York | AQSh |
8 | Singapur | Singapur |
9 | Tokio | Yaponiya |
10 | Pekin | Xitoy |
Eng arzon shaharlar 10 taligiga esa aholisining ko‘pchilir qismini musulmonlar tashkil etuvchi shaharlar kirgan.
O‘zbekiston poytaxti Toshkent bu reytingda 221-o‘rinni egallab, arzon shaharlar ichida 7 o‘rinni qayd etgan.
Qozog‘istonning Olmaota shahri 219-o‘rin, Dushanbe 225-o‘rin, Bishkek esa 226-o‘rinda turibdi. Reytingni esa Turkiya poytaxti — Anqara (227-o‘rin) tamomlab, dunyo bo‘yicha yashash uchun eng arzon shahar deb e’tirof etildi.
10 ta eng arzon shahar ro‘yxati
Reytingdagi o‘rin | Shahar | Joylashgan mamlakat |
218 | Aljir | Aljir |
219 | Olmaota | Qozog‘iston |
220 | Tunis | Tunis |
221 | Toshkent | O‘zbekiston |
222 | Istanbul | Turkiya |
223 | Karachi | Pokiston |
224 | Islomobod | Pokiston |
225 | Dushanbe | Tojikiston |
226 | Bishkek | Qirg‘iziston |
227 | Anqara | Turkiya |
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent mazkur reytingning 2021 yildagi natijalarida ham eng arzon shaharlar o‘nligidan joy olgandi.