“Toshkent” xalqaro aeroportida 31 iyulga qadar uchib ketuvchilarga hamrohlik qiluvchi shaxslarni aerovokzal binosiga kiritishga cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Bu ziyoratchilarning Hajga jo‘nab ketishi va qaytib kelishi, shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan bog‘liq.

Estakadaga chiqish avtomobillar va avtobuslar uchun ochiq qoladi.