Surxondaryo viloyatida noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatning oldi olindi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

IIB xabariga ko‘ra, Qumqo‘rg‘onda o‘tkazilgan tadbirda shu tumanda yashovchi U.S. Jarqo‘rg‘on tumani hududida o‘ziga tegishli bo‘lmagan 17 sotix yer maydonni fuqaro S.Ch.ga 8 ming dollar evaziga sotishga kelishadi. Gumondor S.Ch.dan 100 mln so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.Sga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Endi u aybdor deb topilsa, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.