Joriy yilning 5 sentabr kunidan boshlab barcha bosqichdagi talabalar to‘lov-shartnomasini onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buning uchun vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olishlari kerak bo‘ladi.

Shuningdek, «super-kontrakt» asosida o‘qish talabgorlari ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab shartnomani rasmiylashtirishi mumkin.

Vazirlik platforma orqali ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlarini masofaviy amalga oshirish tartibi va muddatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishini aytdi.