Davlat test markazi 27-avgust kuni 2022/2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qildi.

Unga ko‘ra, test natijalari 6 xil usulda bilish mumkin:

  • «my.dtm.uz» sayti orqali abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
  • «mandat.dtm.uz» saytining «Bakalavr-2022» bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
  • SMS xabarnoma xizmati orqali 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Shuningdek, davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

  • @e_dtm_mandatbot;
  • @e_dtm_mandat1bot;
  • @e_dtm_mandat2bot;
  • @e_dtm_mandat3bot;
  • @e_dtm_mandat4bot.

Bundan tashqari, abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda bilish mumkin. Shu bilan birga, test natijalari qaydnomasi orqali test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.