Mustaqillik bayrami oldi va bayram kunlari Toshkentdan Samarqandga borib qaytuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari 7 ta reysda harakatlana boshlaydi. Bu haqda Transport vaziriligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston davlat mustaqilligining 31 yillik bayramini nishonlash munosabati bilan 29 avgustdan 4 sentabrgacha 767/768-sonli «Samarqand-Toshkent-Samarqand» yo‘nalishidagi elektropoyedlarga bitta reysdan qo‘shiladi va jami 7 ta reysni tashkil etadi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temir yo‘l kassalaridan, shuningdek, elektron tarzda xarid qilish mumkin.