Metroning yer «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat 21 noyabr kunidan 6 dekabr kuniga qadar o‘z yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi, deya xabar bermoqda Metropoliten matbuot xizmati.

Bu vaqt ichida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6 va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

«Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi», — deyiladi xabarda.