Jamiyat

1-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 may 2023, 22:19

1-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni imzolagan prezident, 1-maydan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya, uni yoqlagan 90,21 foiz referendum qatnashchilari, daraxtga urilib qoplamasi chiqib ketgan yani “garmoshka” avtobuslar, may oyidan 330 ming so‘m bo‘lgan BHM va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Yengil atletika bo‘yicha U18 V Osiyo chempionati ilk bor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi
1 may 2023, 19:00

Yengil atletika bo‘yicha U18 V Osiyo chempionati ilk bor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Yengil atletika bo‘yicha tashkil etilgan yoshlar o‘rtasidagi V Osiyo chempionati yakunlandi. O‘zbekiston jamoasi hisobida to‘rtinchi o‘rinni egallab, 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda Gentra haydovchisi piyodani urib yubordi — video
1 may 2023, 18:47

Toshkentda Gentra haydovchisi piyodani urib yubordi — video

Yashnobod tumanida 21 yoshli Gentra haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. YTH oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda boshqa avtomobillarning yo‘lovchini o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turganini ko‘rish mumkin.

Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobusning gaz ballonlari daraxtga tegib, qoplamasi chiqib ketdi
1 may 2023, 18:11

Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobusning gaz ballonlari daraxtga tegib, qoplamasi chiqib ketdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida jamoat transportiga ajratilgan yo‘lda harakatlangan 2 yangi “gormoshka” avtobusining gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi daraxtga urilib, qo‘porilib tushdi. “Toshshahartransxizmat” obodonlashtirish boshqarmasiga murojaat qilib, kamchilikni bartaraf etganini ma’lum qildi.

Keshbeklardan foydalansa bo‘ladi — Fatvo markazi
1 may 2023, 17:39

Keshbeklardan foydalansa bo‘ladi — Fatvo markazi

Ijtimoiy tarmoqlarda ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilishi, ya’ni keshbek olish Islom diniga zidligi borasida video tarqalgandi. Fatvo markazi bunday xulosani rad etib, ulardan foydalanish mumkinligini bildirdi.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi
1 may 2023, 17:31

O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi

Markaziy saylov komissiyasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumning yakuniy natijalarini e’lon qildi. Ma’lumotlarda katta o‘zgarishlar bo‘lmadi. Saylovda ishtirok etganlar ko‘rsatkichi — 84,5%. Asosiy qonunni o‘zgartirishni saylovchilarning 90,2 foizi yoqladi, 9,35 foizi qarshi ovoz berdi.

Turfirma yoki agentliklar tashkil etayotgan haj tadbirlari noqonuniy — Diniy qo‘mita
1 may 2023, 16:28

Turfirma yoki agentliklar tashkil etayotgan haj tadbirlari noqonuniy — Diniy qo‘mita

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarmoqlarda hajga jo‘natishga oid asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan turfirmalardan ogohlantirdi. Bu vazifa qo‘mita va Musulmonlar idorasi zimmasiga yuklangani eslatildi. Noqonuniy safarlar uchun Saudiya Arabistonidan deport qilish va 10 yilga kirishni taqiqlash jazosi ko‘zda tutilgan.

MSK 3 ta referendum uchastkasida ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi
1 may 2023, 16:10

MSK 3 ta referendum uchastkasida ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi

Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonida qonunbuzarlik kuzatilgan Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan 3 ta referendum uchastkasidagi ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi.

Murad Buildings biznes toifasidagi Regnum Plaza majmuasida sotuv boshlanganini e’lon qildi
1 may 2023, 15:00

Murad Buildings biznes toifasidagi Regnum Plaza majmuasida sotuv boshlanganini e’lon qildi

Regnum Plaza, Murad Buildings`dan yangi turar-joy majmuasining hududida katta sport va bolalar maydonchasi, alohida bolalar xonasi, choyxona va boshqalar mavjuddir.

O‘zbekistonda hafta davomida harorat pasayib boradi
1 may 2023, 11:42

O‘zbekistonda hafta davomida harorat pasayib boradi

1−5-may kunlari Qozog‘istondan O‘zbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi hisobiga harorat biroz pasayadi. Kunduzi harorat +25…+30 daraja atrofida bo‘lib, ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Toshkentda komissiya a’zosining 16 ta byulletenga belgi qo‘yish holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda — BP
1 may 2023, 10:53

Toshkentda komissiya a’zosining 16 ta byulletenga belgi qo‘yish holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda — BP

Toshkentdagi 772-saylov uchastkasida referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket 16 byulletenni to‘ldirib, “Ha” katagiga belgi qo‘ygani holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda.

Qashqadaryodagi ikki YTH oqibatida olti kishi vafot etdi
1 may 2023, 09:31

Qashqadaryodagi ikki YTH oqibatida olti kishi vafot etdi

Qarshi-Yettitom avtomobil yo‘lida 13 kun ichida ikki YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 6 nafar shaxs vafot etdi.

Referendum: Uyda ovoz berish qanday o‘tmoqda? (foto)
30 aprel 2023, 17:05

Referendum: Uyda ovoz berish qanday o‘tmoqda? (foto)

O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendumda ovoz berish uchun sog‘lig‘i tufayli saylov uchastkasiga tashrif buyura olmaydigan fuqarolar uyda ovoz berishmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari uchastka komissiyalari a’zolari bilan ularning uyiga tashrif buyurdi.

Hududlar rahbarlari referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 14:22

Hududlar rahbarlari referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston viloyatlari rahbarlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ishtirok etdi.

Referendumda 9 679 nafar mahkum ovoz berish imkoniyatiga ega — IIV
30 aprel 2023, 12:25

Referendumda 9 679 nafar mahkum ovoz berish imkoniyatiga ega — IIV

Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 9 679 nafar shaxslar ovoz berishi mumkin, deya ma’lum qildi IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev. Uning bildirishicha, soat 11:00 ga qadar qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ariza yoki xabar kelib tushmagan.

Soat 11:00 holatiga 6,8 mln fuqaro referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 12:16

Soat 11:00 holatiga 6,8 mln fuqaro referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston va xorijdagi referendum uchastkalarida soat 11:00 ga ko‘ra 6,82 million nafardan ortiq fuqaro ovoz berdi.

Shavkat Mirziyoyev referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 11:50

Shavkat Mirziyoyev referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendumda ovoz berdi.

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi
30 aprel 2023, 10:35

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi

Toshkent vaqti bilan ertalab soat 4:00 da O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi vakolatxonalarida Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi referendumini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki referendum uchastkalari ochildi. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.

Toshkentda referendum qanday boshlandi?
30 aprel 2023, 09:57

Toshkentda referendum qanday boshlandi?

8:00 dan poytaxtdagi referendum uchastkalarida madhiya yangradi, so‘ngra saylovchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Odatga ko‘ra, erta tongdan ovoz berish uchun ko‘pchilik tashrif buyurmoqda. “Gazeta.uz” kun davomida ovoz berish jarayonini yoritib boradi.

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi
30 aprel 2023, 05:28

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting