Ijtimoiy tarmoqlarda avvalroq vaynerlarning “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklardan hisoblangan keshbekni olish Islom diniga zidligini aytib chiqqan video tarqalgandi.

Videoda bir shaxs do‘stining yoniga kelib, dastur orqali keshbeklardan 500 ming so‘m yig‘ganini aytadi. Ikkinchisi esa u ham 300−400 ming so‘m miqdorda mablag‘ to‘plab qo‘yganini, biroq bu foiz, foiz esa sudxo‘rlikka kirishini ta’kidlaydi.

Musulmonlar idorasi huzuridagi Fatvo markazi shu kabi holat borasida ma’lumot berib, vaynerlarning xulosasini rad etdi.

“Ishlatilgan mablag‘ning ma’lum qismi qaytarib berilsa, buni iqtisod tilida keshbek deyiladi. Bank shu ko‘rinishda o‘zining foydasidan kechsa yoki xizmatlaridan foydalangani uchun xizmat narxidan bir qismini qaytib bersa, undan foydalansa bo‘ladi”, — deyiladi xabarda