O‘zbekiston va xorijdagi referendum uchastkalarida soat 11:00 ga ko‘ra 6 million 820 ming 838 nafar fuqaro ovoz berdi. Bu jami ovoz beruvchilarning 35,13 foizini tashkil etadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Mamlakat bo‘ylab referendum o‘tkaziladigan 10 758 ta uchastka tashkil etilgan. Bundan tashqari, hozirga qadar 55 ta saylov uchastkasining aksariyati O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida ochilgan.

Hududlar kesimida ovoz beruvchilarning ishtiroki bo‘yicha foiz hisobida Andijon (40,24%) Sirdaryo (39,62%) va Jizzax viloyatlari yetakchi.

referendum 2023

Ovoz beruvchilar soni bo‘yicha esa Farg‘ona (847 132 nafar), Samarqand (776 949 nafar) va Andijon (685 231 nafar) viloyatlarida eng ko‘p natija.

referendum 2023

Bahrom Qo‘chqorov saylovchilarning “yuqori siyosiy faolligi”, jarayonning ochiqligi kuzatuvchilar va jurnalistlar tomonidan ta’minlanayotganini ta’kidladi.

Jarayonni referendum uchastkalarida (mamlakatning har bir viloyatida ikkitadan saylov uchastkasida) kamera tasvirlari efirga uzatiladigan maxsus veb-saytida ham kuzatish mumkin.

Siyosiy partiyalar va mahallalar vakillarini hisobga olgan holda mahalliy kuzatuvchilar soni 43 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

“Hozirgi kunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga ovoz berish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy qonunbuzarliklar kelib tushmagan”, — dedi komissiya rahbari o‘rinbosari.