O‘zbekiston viloyatlari rahbarlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ishtirok etib, ovoz berdi.

Quyida ularning ovoz berish jarayonlaridan lavhalarni taqdim etamiz.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Nurafshon shahridagi 7-referendum uchastkasida ovoz berdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi 88-referendum uchastkasida ovoz berdi.

referendum 2023

Farg‘ona viloyatida 1 ming 209 ta referendum uchastkasi tashkil etilgan bo‘lib, soat 8:00 dan ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Viloyatda 2 million 209 mingdan ortiq fuqarolar konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda mazkur jarayonda ovoz berishi kutilmoqda. Ularning 82 ming nafari ilk bor ovoz beruvchi yoshlar.

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Qarshi shahridagi 4-referendum uchastkasida ovoz berdi.

referendum 2023

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev Jizzax shahrining “Toshloq” mahallasidagi 39-referendum uchastkasida bo‘lib, ovoz berdi.

referendum 2023

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahridagi 15-referendum uchastkasida referendumda ovoz berdi.

referendum 2023

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-referendum uchastkasida ovoz berdi.

referendum 2023

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joylashgan 144-referendum uchastkasiga borib ovoz berdi.

referendum 2023

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahridagi 30-umumta’lim maktabida joylashgan 51-referendum uchastkasida ovoz berdi.

referendum 2023

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida joylashgan 260-referendum uchastkasida ovoz berdi.

referendum 2023

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev ham referendumda ovoz berdi.

referendum 2023