Yangi loyiha hozirgi zamon har qanday talabiga to‘la javob berib, hamma narsada oliy sifat va yuksak saviyani qadrlovchilar uchundir. Regnum Plaza xonadonlarining egalari — nafis did sohiblari bo‘lib, o‘zlarini va yaqinlarini juda qadrlaydigan, ularning hayot tarzidagi qulayliklarini sifat jihatidan yangi pog‘onaga olib chiqishni istaydigan insonlardir. Shuningdek, ular o‘z mablag‘larini vaqt o‘tishi bilan narxi va qadri oshib boruvchi ishonchli va yuqori daromadli ko‘chmas mulkka oqilona sarmoya qiluvchilar hamdir.

Murad Buildings jamoasi har bir loyihaga hamisha puxta va chuqur yondashadi, Regnum Plaza loyihasi ham bundan mustasno emas. Kompaniya istaklarni oldindan ko‘ra bilgandek, hashamatli ko‘chmas mulkning talabchan iste’molchilarini hayratda qoldirishga qodir va unda yashovchi har bir inson uchun biznes toifadagi qulayliklarni taklif etadi.

Regnum Plaza`da yashash — bu shunchaki nufuz emas, balki bu shaharning markaziy qismida joylashuvning barcha afzalliklaridan va turar-joy majmuasining qator imtiyozlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatidir. Nufuzli maktablar va universitetlar, restoranlar, mashhur fitnes markazlari, supermarketlar va savdo markazlarigacha bo‘lgan masofa juda yaqin va ularga ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz osongina yetib olish mumkin.

murad buildings, реклама

Majmua arxitekturasiga san’at sifatida yondashib, Murad Buildings jamoasi o‘ziga xos ijodiy uslubga ega loyiha yaratdi. Regnum Plaza takrorlanmas jozibasi va maftunkorligi bilan Toshkentdagi boshqa turar-joy majmualaridan ajralib turadi.

murad buildings, реклама

Bu yerdagi har bir unsur sizning ko‘plab ehtiyojlaringizga javob beradi va oilangiz bilan maroqli vaqt o‘tkazish uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi.

Majmuaning jajji yashovchilari uchun ochiq o‘yin maydonchasi va yopiq turdagi bolalar xonasini o‘z ichiga olgan xavfsiz va qulay maskan yaratilgan bo‘lib, bu ularning jismonan, aqlan va estetik jihatdan har tomonlama komil bo‘lib voyaga yetishlariga yordam beradi. O‘ziga xos o‘yin maydonchalari bilan jihozlangan hudud bolalar maydonchalari haqidagi odatiy tushunchalarni o‘zgartirishi aniq.

murad buildings, реклама

Sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun esa turar-joy majmuasi hovlisi bo‘ylab keng vorkaut-zonalari, ko‘p tarmoqli sport maydonchasi va yugurish yo‘lakchasi mavjud. Ushbu sanab o‘tilganlarning barchasi ko‘rkam landshaft dizayni asosida ko‘p yillik daraxtlar va yashil zonalar bilan uyg‘unlashadi.

Baxtli hayotingizdagi yoqimli daqiqalar haqida qayg‘urgan holda, oilangiz va yaqin do‘stlaringiz bilan hayotingizning eng go‘zal damlarini o‘tkazishingiz, dam olishingiz mumkin bo‘lgan choyxona va mehmonlar uchun maxsus mo‘ljallangan xonalar ham ishlab chiqilgan.

Hudud ichida va majmua maydoni bo‘ylab 24 soatlik qo‘riqlash xizmati yashovchilarning xavfsiz va tinch hayot kechirishini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqaruv kompaniyasi xodimlari umumiy hududni toza va ozoda saqlab, majmuani go‘zal va nafis o‘simliklar bilan bezalgan muhtasham makon qilish uchun astoydil harakat qiladilar.

Regnum Plaza turar-joy majmuasining fasad qismi va umumiy hududlarining ichki qismi yuqori sifatli, tabiiy materiallar bilan bezatilib, hashamatli va farovon hayotning yuqori standartlariga javob beradi.

“Regnum Plaza — mukammallikka intilishning yangi darajasi”.

Loyiha haqida batafsil ma’lumot olish uchun telefon: (+998) 71−200−88−22.

Reklama huquqlari asosida.