Navoiy va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida AQShga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unga ko‘ra, Zafarobod tumanida (Jizzax) fuqaro boshqa bir shaxsni tanishlari yordamida AQShga ishga yuborishi evaziga 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Navoiy shahrida fuqaro boshqa bir kishini Meksika davlati orqali Qo‘shma Shtatlarga ishga yuborishi evaziga 14 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. Elchixona Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom ettirilishini bildirgan.