dayjest

Toshkent jamoat transportida naqd puldagi to‘lov 3000 so‘mgacha oshishi mumkin. Naqdsiz to‘lovlar esa 1700 so‘mligicha qoladi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent jamoat transportida naqd pul bilan to‘lov narxini 3000 so‘mgacha oshirish rejasi borligini aytdi. Bunda naqdsiz to‘lovlar miqdori 1700 so‘m holida o‘zgarishsiz qoladi. “Elektron to‘lovga o‘tishga harakat qilyapmiz. Aholini shu narsaga qiziqtiryapmiz”, — dedi vazir.


dayjest

O‘zbekiston va Xitoy xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun Toshkentda prezident va ichki ishlar vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kadrlar tayyorlash, zamonaviy texnologiyalar joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


dayjest

Deputatlar Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Deputatlar Soliq kodeksining “qotil” nomini olgan 227−1-moddasini o‘zgartirish bo‘yicha qonunni qabul qildi. Bu modda yuzasidan jarima chorakdagi sof daromadning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi. Ma’lum bo‘lishicha, modda bo‘yicha 1,5 mingdan ortiq tadbirkor jarimaga tortilgan va 700 mlrd so‘m jarima solingan.


dayjest

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi oshdi

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxi 5000 so‘mga qimmatladi. Bog‘ ma’muriyati buni hayvonlarni parvarishlash xarajatlari va kommunal xizmatlar narxi ortgani bilan izohladi.


dayjest

O‘zgidromet 6 ta viloyatda qor ko‘chish xavfini e’lon qildi

3−8-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo haroratining o‘zgarishi sababli 9 ta viloyatda qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin.


dayjest

Toshkent tumanlarida ichimlik suvi rejali o‘chiriladi — ro‘yxat

Toshkentning deyarli barcha tumanlarida 15-aprel-20-may kunlari rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. Ro‘yxat.


dayjest

Sport vaziri o‘rinbosari Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Durdona Rahimova Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bunga qadar sport vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.


dayjest

O‘zbekistonning 2023-yildagi eng ochiq va eng yopiq davlat organlari nomi ma’lum qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlarining 2023-yildagi ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi. Statistika agentligi, OKMK, Markaziy bank, Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi eng yaxshi natijalarni qayd etdi.


dayjest

Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.


dayjest

Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

Rustam G‘afurov Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimi bo‘ldi. U bunga qadar viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i edi.


dayjest

Toshkentning 2 tumanidagi ayrim joylarda vaqtincha gaz bo‘lmaydi

Seshanba kuni ta’mirlash ishlari tufayli poytaxtning Sergeli (10:00 dan 18:00 gacha) va Yangihayot (14:00 dan 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim joylarda gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.


dayjest

Uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish taklif etilmoqda

Ichki ishlar vazirligi uy qamog‘idagi shaxslarni elektron braslet orqali nazorat qilish ko‘zda tutilgan qaror loyihasini e’lon qildi. Braslet shaxslarning oyog‘iga taqiladi. Bu amaliyotni 2024-yilda bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.


dayjest

Toshkentdagi Davlat drama teatrida vaqtincha tomoshalar o‘tkazilmaydi

Poytaxtdagi O‘zbekiston davlat drama teatrida ta’mirlash ishlari sababli bir muddat tomoshalar o‘tkazilmaydi. Ijodiy jamoa ko‘chma spektakl va gastrol safarlarini davom ettiradi. Avvalroq “Gazeta.uz” sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan mazkur tomoshagoh haqida maqola e’lon qilgandi.


dayjest

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilsonga to‘lanishi kerak bo‘lgan qarzdorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson bilan yangi kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi. Qarz Denilsonga 2026-yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028-yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi.


dayjest

G‘azodagi havo hujumida World Central Kitchen tashkilotining 7 xodimi halok bo‘ldi

G‘azodagi havo hujumida World Central Kitchen oziq-ovqat tashkilotining yetti xodimi halok bo‘ldi. Tashkilot bunda Isroilni aybladi, ammo Isroil armiyasi zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. WCK sektordagi ishini to‘xtatmoqda. G‘azoning 300 mingga yaqin aholisi yaqin orada ochlikdan o‘lim topishi mumkin.


dayjest

Qirg‘iziston prezidenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunga ularni “xorijiy vakillar” deb e’lon qilishga ruxsat beruvchi o‘zgartirishlarni imzoladi. U qonun “mamlakatga foyda keltirishi"ni aytdi va bunday tashkilotlar “ta'qib qilinmasligiga” va’da berdi.


dayjest

Isroil Eronning Suriyadagi konsulligiga zarba berdi, yetti ofitser halok bo‘ldi

Isroil Damashqdagi Eron konsulligiga raketa hujumi uyushtirdi, oqibatda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yetti a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Tehron “keskin javob” bo‘lishini va’da qildi.


dayjest

Toshkent aeroportida yana bir taksi xizmati ishga tushdi

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida 1-apreldan boshlab Sixt Uzbekistan brendi ostidagi taksi xizmati faoliyat boshladi. Bu ushbu aeroportdagi Taxi Airport Tashkent`dan keyingi ikkinchi rasmiy taksi hisoblanadi.


dayjest

Toshkentda sakkizinchi Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Fransiya va Shveysariyadan kelgan san’atkorlar chiqish qiladi.


dayjest

O‘zbekistondagi eng yirik kompaniya — NKMKning 2 foiz aksiyalari Davaktiv balansiga o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z balansiga O‘zbekistondagi eng yirik kompaniya — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2 foiz aksiyasini oldi. O‘tgan yillarda kompaniyani qisman xususiylashtirish rejalari haqida xabar berilgan edi.


dayjest

Istanbulda tungi klubdagi yong‘inda 29 kishi halok bo‘ldi

Istanbulda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi. Yong‘in ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan, hozirda uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.